Tarjima nazariyasi va amaliyoti


Download 72.96 Kb.
bet8/16
Sana05.01.2022
Hajmi72.96 Kb.
#215214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
MUXLISA(1)

Motam marosimlari - kishining vafoti munosabati bilan marhumning xotirasini yod etib oʻtkaziladigan marosimlar. Motam marosimlari barcha xalqlarda mavjud, u geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, kishilarning ilmiy, diniy tasavvurlari va boshqa omillar taʼsirida oʻzgarib borgan. Motam marosimlari marhum vafotining maʼlum kunlarida, fasl mavsumlarida hamda diniy bayramlarda oʻtkaziladigan marosimlarga boʻlinadi. Bu marosimlarda marhumning arvohi yod etilgan, arvohni shod etish uchun turli rasmrusmlar bajo keltirilgan (qarang Aza). Ibtidoiy davrlarda , odamlar oʻzlarini goʻyo arvohlardan himoya qilish maqsadida tanalarini j qora yoki qizil rangga boʻyaganlar, ke- : yinchalik kiyimlari rangini oʻzgar- j tirganlar (azadorlarning qora, koʻk, odmi kiyim kiyishlari shundan kelib chiqqan). Oʻrta Osiyo xalqdarida motamning 1-belgisi ovoz chiqarib yigʻlashdir. Marhumning eng yaqin kishilari (ayol va erkaklar) judolik belgisi si-fatida bel bogʻlaydilar. Marhum dafn etilgandan keyin, uch, yetti, marhum vafotining 17—19kuni yigirma, soʻngra qirq oʻtkaziladi. Motam marosimlarining eng soʻnggisi yildir. Yil marhum vafotiga bir yil toʻlganda (baʼzan oldinroq) oʻtkaziladi. Motam liboslarini yechadilar, oq kiyim ki-yadilar. Bu marosim Toshkent vohasida oq solar, Fargʻona oq kiydi deb nomlanadi. Motam marosimlarining fasl bilan bogʻliqligi: bahorda gul, kuzda qovun-uzum, qovoq oshi, qor yoqqanda qor yogʻdi va boshqa Ramazon va qurbon hayitida azador uyga qarindoshlar, mahalladoshlar kelib marhum xotirasiga fotiha oʻqiganlar, azadorlardan koʻngil soʻraganlar. Endilikda maʼlum muddatda oʻtkaziladigan Motam marosimlari marhum xotirasini yod etish mazmunidagi marosimlarga aylanib bormoqda.Kishilar marhumning tiriklik chogʻida xayotda qoldirgan ishi, faoliyati, jamiyat uchun qilgan xizmatlarini taqdirlab, uning xotirasini doimo yod etadilar.

Motam marosimi — marhumni koʻmish bilan bogʻliq boʻlgan marosim va urfodatlar. motam marosimi insoniyat paydo boʻlganidan buyen geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bogʻliq holda oʻzgarib borgan. Bundan 40—18 ming yil oldingi paleolit davridayoq D. m. oshkora liniy tuye olgan. Keyinchalik D. m. har bir dinning tarkibiy qismi hisoblangan liniy marosim va urf-odatlar bilan qorishib ketgan. D. m. hamma xalqlarda oʻziga xos rasm-rusumlarga, qoidalarga ega. Mas, slavyanlarda vafot etgan kishi bilan vidolashuv 3 kungacha davom etadi, marhum qabrga tobut bilan qoʻyiladi. Hinduizm diniga eʼtiqod qiluvchi xalqlarda, mas, hindlarda marhum jasadini maxsus gulxanda kuydirib, kulini daryoga tashlaydilar. Dafn gulxani marhumning oʻgʻillari yoki eng yaqin qarindoshlari to-monidan yoqiladi. Keyinchalik gulxan oʻrnida marhumga bagʻishlangan marosimlar oʻtkaziladi. Parsizm (zoroastrizm)ga eʼtiqod qiluvchi Jan. Osiyodagi bir qancha xalqlar marhumning jasadini maxsus minoradaxmalarga qoʻyib, quzgʻunlarga yediradilar (shunday daxmalar Bombay sh.ning gʻarbiy chekkasida hozir ham bor).

Musulmonning qabristoni.




Download 72.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling