Tarmoq operatsion tizimlari
Download 472.81 Kb. Pdf ko'rish
|
KT Лек 29
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Fayl tizimi strukturasi
Jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqa. UNIX OT i klient-server texnologiyayasiga to‘liq javob beradi. Bu universal model ixtiyoriy murakkablikdagi, shu bilan bir qatorda tarmoq tizimlarini qurish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Klient-server modeli prinsipida ishlaydigan dastur tizimlarini qurish uchun UNIX da quyidagi mexanizmlar mavjud: – signallar – semaforlar – dasturli kanallar – xabarlar (soobщenii) navbati – xotirani bo‘linadigan segmentlari – masofadagi protseduralarni chaqirish Signallar. Virtual kompyuterda jarayon bajarilishini ko‘rib chiqsak, (foydalanuvchiga beriladigan) u holda bunday tizimda, standart talablarga javob beradigan uzilishlar tizimi mavjud bo‘lishi kerak: – favqulotda holatlarga ishlov berish – ichki va tashqi uzilishilarga ishlov berish vositalari – uzilishlar tizimini boshqarish vositalari Bu hamma talablarga UNIX da signallar mexanizmi javob beradi, u nafaqat signallarni qabul qilib ishlov berishga imkon beradi, balki ularni yuzaga keltirib boshqa jarayonlarga (mashinalarga) jo‘natishga imkon beradi. Signallar sinxron va asinxron bo‘lishi mumkin. Signallar, jarayonlar orasidagi o‘zaro aloqani oddiy formasi sifatida qarashi mumkin. Ular bir jarayondan ikkinchisiga yoki OT yadrosidan biror jarayonga, ma’lum hodisa yuzaga kelganligi haqida xabar berishi uchun foydalaniladi. Dastur kanallari UNIX tizimida o‘zaro aloqa va jarayonlarni sinxronlashtiruvchi muhim vositadir. Jarayonlar orasida ma’lumotlar almashinuvi uchun, xabar navbati mexanizmi foydalaniladi. Nazorat savollari 1. Tarmoq operatsion tizimlarining asosiy xarakteristikalari aytib o‘ting. 2. Tarmoq operatsion tizimlarida xavfsizlikning qanday sinflarini bilasiz. 3. NDS ning vazifasi nima (NetWare kataloglari xizmatlari). 4. Asosiy zamonaviy operatsion tizimlarni aytib bering. 5. UNIX OTlar oilasi asosiy xususiyatlari. 6. UNIX OTini ishlab chiqishda ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlar. 7. UNIX OT tarkibiy qismlari. 8. UNIX-ko‘p foydalanuvchili OT. 9. UNIXda foydalanuvchi va superfoydalanuvchi va foydalanuvchi interfeysi. Download 472.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling