Tarmoq operatsion tizimlari


Apparat platformalarni qo‘llash


Download 472.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana13.01.2023
Hajmi472.81 Kb.
#1091248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KT Лек 29

Apparat platformalarni qo‘llash 
NetWare 4.1, faqat Intel x86 protsessorli kompyuterlarda o‘rnatilishi 
mumkin. Bir vaqtda Novell firmasi bu OT ni Power PC ga o‘tkazmoqchi bo‘ldi, 
ammo bu fikrdan voz kechishga to‘g‘ri keldi.
UNIX OT ni har qanday platformalarga o‘rnatish mumkindek tuyuladi. 
Ammo bunday emas, bir platformadan ikkinchisiga o‘tkazishda, tizim matnlarini 
jiddiy o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. UNIX ning har bir versiyasi odatda bir apparat 
platformaga mo‘ljallangandir.
Windows NT Intel x86, DEC Aplha, MIPS va Power PC platformalarda 
mavjuddir. UNIX ning versiyalaridan biri bo‘lmish Solaris SPARC, x86 va Power 
PC protsessorlarida ham amalga oshirilgan. OT larni boshqa platformalarida 
ishlashi uchun moslashtirilgan (“adaptirovannыy”) dasturlar zarur. 


Kommunikatsiyalar serveri 
Uchchala sistemaning hammasi, masofadagi server sifatida ishlatilishi 
mumkin, 
ammo 
buning 
uchun 
oddiy 
kompyuter 
emas, 
balki 
m-n 
maxsuslashtirilgan Access Builder va x.k. serverlardan foydalangan afzalroqdir.
Ma’lumotlarga guruhli ishlov berish, elektron pochta, faks-serverlari 
platformasi sifatida uchchala OT ishlatilishi mumkin, ammo UNIX uchun bunday 
dasturlar ancha qimmatdir va ularni boshqarish ancha murakkabdir.
Web server uchchala OT larda mavjuddir. Ammo web-server sifatida 
ko‘pincha UNIX dan foydalaniladi, ayniqsa Solaris dan foydalaniladi. Ammo 
Rossiya va SNG davlatlarida xozircha asosiy o‘rinni Windows NT Server 4.0 
(o‘zining Internet Information Server i bilan) chunki bu ilova tizim bilan birga 
tekinga beriladi, bu esa o‘z navbatida kuchli faktdir. 
Ammo baribir hozirgacha Internet UNIX –serverlar makonidir. Ular, 
protokollar va TCP/IP ilovalarning maksimal sonini qo‘llaydi. Shuning uchun 
ham, agar Internet dan jiddiy foydalanmoqchi bo‘lsangiz, UNIX dan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir.
Lokal tarmoqlarni Internet ga ulashda muhim va asosiy rolni - 
brandmauerlar o‘ynaydi. Amalda ularning deyarli barchasi UNIX ning u yoki bu 
versiyasi asosida amalgan oshirilgan.
Ma’lumotlar bazasi (MB) serveri. Siqib chiqaradigan ko‘pmasalalilik va 
xotira ximoyasi bo‘lmagani uchun NetWare MB serveriga mos platforma emas. 
Windows NT va UNIX- mashinalar o‘zlarini MB serveri sifatida yaxshi tavsiya 
etganlar, ammo katta masshtablashtirish xususiyati, klaster texnologiyaga ega 
ekanligi uchun UNIX kuchli MB serveriga ko‘proq mosdir. 

Download 472.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling