Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


Kuzatuvchanlik qobiliyati


Download 475.96 Kb.
bet7/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

Kuzatuvchanlik qobiliyati o‘quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Qobiliyatli o‘qituvchi uncha katta bo‘lmagan tashqi ko‘rinishlar asosida o‘quvchining ichki holatidagi juda arzimagan o‘zgarishlarini ham fahmlab oladi. O‘quvchilarning ba’zan shunday gaplarini eshitamiz: «qaramayotganga o‘xshaydi- yu, hamma narsani ko‘rib turadi», «o‘qituvchimiz biror o‘quvchining xafa bo‘lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko‘zidan biladi».
Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
Fikrlar ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi. O‘qituv- chining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini yuqori darajada faollashtirishga qaratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yib, ularni asta-sekin to‘g‘ri javob berishga olib boradi, o‘quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so‘z va iboralar qo‘llaniladi. O‘qituvchi o‘zundan uzoq jumlalar, murakkab so‘z birikmalari, murakkab iboralarni qo‘llashdan qochadi. O‘rinli yumor, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o‘quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O‘qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffuzi jihatidan erkin ifodali, hic-hayajonli bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchra- masligi lozim. Bir xildagi cho‘ziq zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez charcha- tadi, ularni lanj, loqayd qilib qo‘yadi. Ayrimlar tez, ayrimlar sekin gapirishga moyil bo‘ladilar. O‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun o‘rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o‘quvchilar asabini buzadi, toliqtirib qo‘yadi.

Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling