Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor


Tashkilotchilik qobiliyati


Download 475.96 Kb.
bet8/71
Sana09.02.2023
Hajmi475.96 Kb.
#1180637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
Пед. мах. мажмуа

Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o‘z ishini to‘g‘ri uyushganligini nazarda tutadi. O‘z ishini tashkil etish deganda ishni to‘g‘ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtni o‘ziga xos his etish ishlanmasini vaqtga qarab to‘g‘ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo‘ladi. Dars davomida, kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari uchrab turadi. Ammo tajribali o‘qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o‘zgartira oladi.
Obro‘ orttira olish qobiliyati - o‘quvchilarga bevosita emosional irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ orttira olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hoka- zolar asosida ham qozoniladi. Avtoritar qobiliyatlar o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazolar) shuningdek o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini his etishga o‘zini haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog‘liq. O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan o‘qituvchini hurmat qiladilar.
Kommunikativ qobilyat - to‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati - o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati - o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xusu­siyatlari hajmi, kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim – tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o‘qituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
O‘qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida ifodalanadi.
Professiogramma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1). O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari;
2). O‘qituvchining ruhiy – pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;
3). Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni;
4). Ixtisosga oid usuliy tayyorgarlikningmazmuni.
- O‘qituvchi shaxsining xususiyatlari.
G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarashva e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va grajdanlik burchini anglash; ijtimoiy - siyosiy faollik.
Pedagogik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy - pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik;o‘zini tuta bilish kasbiy layoqatlilik.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratgaega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchining o‘tkir qobiliyat egasi bo‘lishi haqida xalqimiz tomonidan ajoyib rivoyatlar yaratilganki bular hali - hanuz ta’lim – tarbiya ishida katta ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.
«Bir vaqtlar Mavlono Tanburiy degan ustod mashshoq o‘tgan ekan. U kishi tambur, dutor, nay, changni shunday mahorat bilan chalar ekanki, eshitgan kishi erib, sel bo‘lib ketarkan. Ustod ko‘plab shogirdlar ham tayyorlagan ekan. Ammo shogird tanlashda qiziq bir odatlari bo‘lib kim shogird bo‘laman desa, qo‘liga cho‘p yo xassalarini tutqazar ekanlar. Bir boy «qobiliyati zo‘r, muzikachi bo‘ladi», deb ustoz Tanburiyga farzandini ko‘rsatibdi. Tanburiy bergan hassani bola bir qarich-ikki qarich deb o‘lchayotganini ko‘rgan ustoz: «Yo‘q bolangizdan mashshoq emas, bozingar - savdogar chiqadi» debdi. Yana bir kishining bolasi berilgan yog‘ochni kesa boshlaganini ko‘rgan ustoz undan musiqachi emas, duradgor usta chiqajagini aytibdi.
Shunday qilib, ustoz, shogird bo‘lamandeb kelgan bola sinash uchun berilgan cho‘pni yerga tiqsa bog‘bon, «qilich» qilsa sarboz bo‘ladi, deb jo‘natib yuboraveribdi. Keyin bolalarni yig‘ib. qo‘llariga cho‘p berib poylab o‘tiribdi. Ulardan biri yana qilich qilib o‘ynabdi, ikkinchisi ot qilib minibdi. Faqat bir usti yupun bola cho‘pni nayga o‘xshatib chalaboshlabdi. Buni ko‘rib Tanburiy bag‘oyat xursand bo‘libdi-da, bolani o‘ziga shogird, ham o‘g‘il qilib olib, unga bor hunarini qunt, sabr, matonat bilan o‘rgata boshlabdi. Kechani-kecha, yozni-yoz, qishni-qish demay ta’lim beribdi. Bola ham zehnli ekan, ustozning aytganlarini darrov anglab olib, qayta- qaytatakrorlab keyinchalik mashhur naychi bo‘lib etishibdi.
Qarang-a ustodning topqirligi, bilimi, donoligi, ustozlik mehri tufayli oddiy bir dehqon bolasi xalq orasida mashhur naychibo‘lib yetishibdi».
F.N.Gonobolin «O‘qituvchi haqida qissa» va «Psixologiya» kitoblarida pedagogik qobiliyatlar o‘qituvchining pedagogik qobiliyati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni bayon etgan:
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.

Download 475.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling