«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”


Download 0.78 Mb.
bet19/62
Sana18.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1027773
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
Bog'liq
Mediasavodxnlik majmua 2

Takrorlash uchun savollar

1. G’oyaviy bo’shliq, nima?


2. Zararli g’oyalar ta’siri qanday namoyon bo’ladi?
3. Mafkuraviy immunitet qanday xosil qilinadi?
4. Yangi mafkurani yaratish zarurati deganda nima nazarda tutiladi?


Tayanch tushunchalar.


Ideologizatsiya - mafkuralashtirish.
Deideologizatsiya - mafkurasiz.
Reideologizatsiya - qayta tiklash, milliy g’oya va mafkuraga e’tibor.
Regressiv - reaksion, antidemokratik.
Valyuntarizm - ob’ektiv taraqqiyot qonunlarni rad etuvchi oqim.
Fatalizm - taqdirga tan berish.
Fundamentalizm - «sof» islomni tiklash.
Pragmatizm - voqelikni tajriba «ong oqimi» deb talqin etuvchi.
Ekzistensializm - mavjudlik, erkinlikka erishish.


4-MAVZU: JAHON MEDIA VA AXBOROT MAKONIDA RAQOBAT MUHITI.
Reja:
1. Bosma va ommaviy axborot vositalari.
2.Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji.
3. Matbuotda so`z va axborot olish erkinligi.
4.Axborotning inson ongiga ta`sir muammolari.

Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ madaniyatning yangi toifasi vakillaridir. Hozirgi kunda jahonda yuz berayotgan voqealar qisqa fursat ichida zamonaviy ommaviy axborot vositalari ta'sirida boshqa davlatlarga tarqalmoqda. OAV orqali amalga oshiriladigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan g‘oyaviy ta’sir va tazyiqning o‘ziga xosligi shundaki u o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga sezdirilmasdan amalga oshiriladi va bevosita qurbonlarni keltirib chiqarmaydi. Axborot dushmanni yo‘q qilmagan, katta xarajatni talab qilmagan holda yuqori samara beradi. Bunda g‘oyaviy ta’sir yo‘naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolari jiddiy o‘rganilgan holda asosiy diqqat kishilar ongi va dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatishga, shakllangan qadriyatlarni o‘zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo‘qqa chiqarishga qaratiladi. Bunday ta’sir o‘tkazishda davriy nashrlar tadrijiylik, radio va televidenie fragmentli uzatish usullaridan ustalik bilan foydalanishmoqda.


Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 1 milliard 250 million kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Shunindek, inson ongini zaharlashga qaratilgan, ularning ruhiyatida agressivlik, tajavvuzkorli, vahshiylik kabi illatlarni uyg'otadigan turli yot g'oyalarning, milliy mentalitetimizga, urf- odat, an'analarimnizga umuman mos kelmaydigan odatlar, pornografik axborotlar, turli xil yolg'on ma'lumotlar, mish-mishlarni tarqatiloyotgani insonni ogohlikka chorlaydi. Shu bilan birgalikdagi, insoniyat hayotiga qarshi qaratilgan noan'anaviy tahdidlar: xalqaro terrorizm, diniy ekstrimizm va fundamentalism, noqonuniy qurol savdosi kundan-kunga milliy, mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda. I.A.Karimov o'zlarining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida - "Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin", - degan fikrlari orqali ma'naviy tahdidlar hamda mafkuraviy tazyiqlar qanchalik kuchga ega ekanligini bayon qilganlar. Darhaqiqat, ma'naviy tahdidlar qurol-yarog' urushlaridan ming marotaba xavfliroq ekanligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Globallashuvning avj olib ketishi, "Ommaviy madaniyat"ning keng yoyilishi har bir millatga xos bo'lgan milliy an'analarning, urf-odatlarning, millat o'zligining, millat madaniyatining yo'qolib ketishi xavfini yuzaga keltirmoqda. Millat o'zligining tanazzulga yuz tutushi millatning yo'qolishidir. Demak, milliy madaniyat, an'analar xalqning xalq sifatida, millatni millat sifatida yuksalishi uchun asosiy omildir. Bugungi kunda insonlarning internetdan, ommaviy axborot vositalaridan noto'g'ri foydalanishi, har xil zarali axborotlarni qabul qilishi o'zlari bilmagan holatda diniy ekstremizm, terrorizm, fundamentalism, fanatizm kayfiyatidagi turli oqimlarga kirib qolishiga , "Ommaviy madaniyat" ta'siri natijasida yoshlarimiz turli ajnabiy kiyimlarni kiyishga, "o'z imidj"larini yaratishga, qizlarimizda o'zbek ayoliga xos bo'lmagan odatlarning avj olishiga va shu kabi axloqqa zid qoidalarni o'zlariga tegishli deb hisoblashiga, hali ongi-tafakkuri shakllanmagan bolalarning pornografiyaga ishqiboz bo'lib qolishiga olib kelmoqda. Bu esa, milliy mentalitetni yo'qolib borishiga, insonlarning ma'naviy dunyoqarashi qasshoqlashishiga, o'zligini unitib, manqurtga aylanishiga zamin yaratmoqda. Ma'naviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun, avvalo, insonlarda turli manaviy dunyosini buzuvchi, zararlovchi buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish qobig'ini - mafkuraviy immunitetni rivojlantirish zarur. Shuningdek, ta'lim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'ya olsak, yoshlarimizni ommaviy axborot vositalaridan foydalinishini doimiy nazorat qilib borsak ma'naviy tahdidlarga qarshi samarali kurashgan bo'lamiz. OAV bu so‘z, obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda uzatilishi va ommaviy tarqatilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday vositalarga ommaviylik, davriylik, tinglovchi yoki o‘quvchilar auditoriyasining kengligi kabi xususiyatlar xosdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda OAV imkoniyati va qamrovining keskin darajada o‘sganini qayd etish lozim. OAVning qamrov darajasi, boshqacha aytganda, mahalliy, umummilliy, mintaqaviy yoki xalqaro (global) miqyosda faoliyat ko‘rsatishi ham uning ta’sir doirasini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. 1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi.
Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi.
Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi.
Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi.
Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‘rish mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda.
Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi Yer yuzidagi hayotga nisbatan eng asosiy tahdidlar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat How Will The World End resursida e'lon qilindi.
Mazkur ro‘yxat 50 ta turli manba, jumladan, BMT statistikasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, NASA kabi tashkilotlar ma'lumotlari asosida tuzildi. Mualliflar to‘rtta asosiy tahdid – epidemiyalar, yadro urushi, tabiiy ofatlar va Yerga asteroid qulashini ajratib olishdi.
Agentlik halokat keltiruvchi kasalliklar sifatida sil, mavsumiy gripp, vabo, Ebola virusi, meningit, Lassa isitmasi, o‘lat, Marburg virusini ajratib ko‘rsatishgan. Ular orasida eng xavflisi deb sil kasalligi e'tirof etildi. 
Yadroviy urush ehtimoli ham keyingi vaqtda eng yuqori darajadagi tahdidlardan biri deb topildi. Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh eng ko‘p – 1030 marta, Rossiya esa 715 marta yadroviy qurol sinovini o‘tkazgan. Agentlikning hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyatni butunlay yo‘q qilib yuborish uchun AQSh 5351 marta, Rossiya esa 4206 marta yadroviy portlashni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Yerga asteroid qulashi ehtimoli juda kam, ammo NASA sayyoramizga yaqin yuz yil ichida yaqin keladigan asteroidlarni kuzatib kelmoqda. Ana shunday asteroidlardan biri diametri 3,9 kilometr bo‘lgan Florence asteroididir. Uning zarbasi 1,2 milliard kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Asosiy iqlimiy tahdid sifatida global isish ko‘rilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib sayyoradagi havo yana ikki darajaga ortadi. 
Internetda yoshlar axborot xavfsizligini ta’minlash uchun
Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda, olimlar, muta­xassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilar­ning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida batavsil fikrlar bayon etilgan.
Bugungi kunda Internet— inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi.
Global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, no­sog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin.
Ushbu qo‘llanma Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan bo‘lib, aso­san tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan.
Maqsad — bolani Internetdan ajratib qo‘yish emas, balki uning kamol topishi uchun mukammal vositalar yaratish

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling