Tasdiqlayman” Olmaliq shahar kasb – hunar maktabi direktori
-ilova. Matnni o’qing. Meva daraxti»
Download 6.05 Mb.
|
2- kurs to\'plam
3-ilova. Matnni o’qing.
Meva daraxti» usulidan foydalanib so’rash. 3– ilova
Burgutni yaratadi va insonga chig‘anoqning zerikarli yoki burgutning qiziqarli ha- yotini tanlashga izn beradi. „Bu yerda tanlash uchun o‘ylanib o‘tirishga hojat yo‘q-ku!“ deyishingiz aniq. Albatta, hamma ham burgutning hayotini tanlaydi. Ammo hech kim kutmagan hodisa yuz beradi: ko‘pchilik chig‘anoqning ham, burgutning ham hayotini tanlamaydi. Ular o‘zlarining talablariga javob beradigan boshqa namuna qidirishga tushishadi va topishadi ham. Buni qarangki, u o‘rdak edi. Bir qarashda o‘rdak va burgutda ko‘p o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Aslida, ularning o‘rtalarida katta farq bor. To‘g‘ri, ikkisi ham qush va ucha oladi. Burgut uzoq vaqt osmon-u falakda kezishi mumkin, o‘rdak esa suvda bo‘lishni afzal ko‘radi. O‘rdak – ajoyib qush: butun kun mobaynida g‘ag‘illaydi. Uni boqishayotganda, boshqa o‘rdaklar uning yemishini olmoqchi bo‘lganda, nimadir yoqmaganda, hatto biror narsaning uddasidan chiqa olmasa ham, g‘ag‘illayveradi. O‘rdaklarning g‘ag‘illashi – ko‘ndirish, cheki yo‘q kechirim so‘rash, befoyda valaqlash. Burgutlar- chi? Ular nolimaydi, ular harakat qilishadi. Burgutlar va o‘rdaklar o‘rtasidagi farqlarga diqqat qiling-a: – „Men buni qila olmayman“, – deyishadi o‘rdaklar. „Bu qanday bajariladi?“ – so‘rashadi burgutlar; – o‘rdaklar tez tushkunlikka tushadi, burgutlarda esa hayotsevarlik kuchli; – o‘rdaklar faqat eng keragini qilishadi, ba’zan uni ham qilishmaydi. Burgutlar esa keragidan ortig‘ini bajarishadi; – o‘rdaklar sharoitdan norozi bo‘lishadi, nolib g‘ag‘illayveradi. Burgutlar esa sharoitni o‘zgartira olishadi; – o‘rdaklar har qanday imkoniyatdan muammo topadi, burgutlar esa har qanday muammodan imkoniyat izlaydi. 4-ilova.Tinish belgilarni to’g’ri qo’llang . 1. Yo‘l yoqasida bir gadoy tilanchilik qilib turar edi// Bir otliq odam yonidan o‘tib ketayotib qamchisi bilan uni bir urdi va yo‘lida davom etdi// Gadoy uning orqasidan qarab// – Baxtli bo‘l// // dedi// Buni ko‘rib turgan bir yo‘lovchi// – U seni ursa-yu// sen unga baxt tilasang// bu qanaqasi// // deb so‘radi// Shunda tilanchi// – Agar u baxtli bo‘lmasa// meni urmas edi// // deb javob berdi// 2. Katta Mushuk dumi bilan o‘ynayotgan mitti Mushukchadan so‘radi// – Nega dumingni quvlayapsan// Mushuk javob berdi// – Bir Mushuk uchun eng asosiy narsa baxt ekanligini// baxt esa dumimdaligini bildim// Dumimni tutganimda// albatta// baxtga erishaman// Shunda katta Mushuk// – Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim// keyinchalik shuni anglab yetdimki// uni quvlasam// mendan uzoqlashadi// aksincha// qachon o‘z ishim bilan xotirjam ovora bo‘lib yursam// doimo izimdan ergashadi// // dedi mitti Mushukchaga// Download 6.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling