Tasdiqlayman” Olmaliq shahar kasb – hunar maktabi direktori
-ilova. “Har kim har kimga o’rgatadi” usuli qoidasi
Download 6.05 Mb.
|
2- kurs to\'plam
3-ilova. “Har kim har kimga o’rgatadi” usuli qoidasi:
Kichik guruh a’zolari olingan topshiriq bo’yicha mustaqil bittadan ma’lumot yozishadi; Kichik guruh ichida ma’lumotlarni jamlaydilar, muhokama qiladilar; To’plangan ma’lumotlar soni kichik guruh a’zolari soniga teng bo’lishi kerak; Barcha jamlangan ma’lumotlarni guruhdan bittadan vakil chiqib, taqdimot qiladilar; “Ha rkim har kimga o’rgatadi” usuli uchu n o’quv topshirig’i: 1-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i Nutqda o’rinli so’zlar haqida ma’lumotlar bering. 2-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i So’zlarni anglash, farqlash, tanlashhaqida ma’lumot. 3-Kichik guruh uchun o’quv topshirig’i Matnni o‘qing. Gaplarni mazmuniga mos holda qavs ichida berilgan so‘zlardan mosi bilan to‘ldiring. O‘ZINGGA UCHTA HAQIQIY DO‘ST TOP Mustahkam do‘stlik … (munosabatlari, bordi-keldilari, muomalalari) – hayotda baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri. Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda aniqlanishicha, do‘sti va qarindosh-urug‘i mo‘l odam ko‘proq … (kularkan, tirjayarkan, og‘zining tanobi qocharkan), kamroq … (xavotirga tusharkan, qo‘rqarkan, o‘ylarkan) va natijada uzoq umr ko‘rarkan. Bolaligimda otam: „Uchta yaqin do‘sti bor odam – haqiqiy badavlat odam“, – deya tez-tez takrorlab turardi. Men bu … (yo‘llanma, maslahat, naqshinkor fikr)ni hech qachon yodimdan chiqarmayman, sizga ham unga jiddiy munosabatda bo‘lishni … (nasihat qilaman, aytaman, tavsiya qilaman). Ba’zan mustahkam do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qulay muhit-sharoitni tark etishga, o‘zingiz unchalik yaqindan bilmagan kishilar bilan … (mashaqqatlar chekish, azoblanish, qiy nalish, ezilish)ga va samimiy munosabat o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Agar do‘stlik … (urug‘i, danagi, tuxumi)ni eksangiz, albatta, ajoyib do‘stlar timsolida … (mo‘l-ko‘l, bisyor, serob, talay) hosil yig‘ib olasiz.. 4-ilova. Gaplarni ixchamlashtiring. She’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozing. 1. Agar dushman bilan birga o‘tirsa, do‘st emasdir u, Uningdek do‘stdan, ey oqil odam, tezroq qo‘lingni yuv. (Sa’diy) 2. Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st, Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st. (Atoyi) 3. Yor uldurki, har nechakim o‘ziga istamas, yorig‘a ham istamagay. (Alisher Navoiy) 4. Do‘st bilan obod uying, Gar bo‘lsa u vayrona ham. (Erkin Vohidov) 5. Do‘sti ko‘p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham, Kechmagay mard do‘stidan, mol-u jondan kechsa ham. (To‘ra Sulaymon) 6. Do‘stlardan azizroq, do‘stlardan baland Daraxtlar hech qachon sotmaydi, o‘g‘lim. (Halima Ahmedova) 5-ilova. Gaplarni musobaqa tarzida davom ettiring. 1. Chinakam do‘st aytgan har bir o‘git sirti zahar bo‘lsa-da, … 2. Dushmaningga ham shunday samimiy munosabatda bo‘lginki, … 3. Kimki farovon kuningda do‘stlikni da’vo qilsa, … 4. Boringni bir yo‘la sochma do‘stga ham, … 5. Xiyonatkor do‘st – qo‘yningdagi ilon, … 6. Do‘stlar bilan suhbatlashayotganda ham hushyor bo‘l, … Gaplarni musobaqa tarzida davom ettiring. 1. Chinakam do‘st aytgan har bir o‘git sirti zahar bo‘lsa-da, … 2. Dushmaningga ham shunday samimiy munosabatda bo‘lginki, … 3. Kimki farovon kuningda do‘stlikni da’vo qilsa, … 4. Boringni bir yo‘la sochma do‘stga ham, … 5. Xiyonatkor do‘st – qo‘yningdagi ilon, … 6. Do‘stlar bilan suhbatlashayotganda ham hushyor bo‘l, .. Download 6.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling