Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B. R. Abdullajonov ― ‖ 2022 yil farmasevtika ishini tashkil qilish fanining ishchi dasturi 4


Download 66.2 Kb.
bet1/9
Sana28.01.2023
Hajmi66.2 Kb.
#1136687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4 ишчи

O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI


TASDIQLAYMAN”


O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.R.Abdullajonov
2022 yil

FARMASEVTIKA ISHINI TASHKIL QILISH FANINING ISHCHI DASTURI


4 kurs talabalari uchun
Bilim sohasi: 500000 - Sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot
Ta‟lim soxasi: 510000-Sog‘liqni saqlash vazirligi
Ta‟lim yo‟nalishi: 5510500 Farmatsevtika ishi 5510500 Farmatsevtika taxlili
5510500 Klinik farmatsiya

Umumiy soati




- 151 soat

Shu jumladan







Ma‟ruza

7 semestr

- 24 soat

Amaliy mashgulotlar

7 semestr

- 64 soat

Mustaqil ta‟lim

7 semestr

- 63 soat

Andijon-2022


Ishchi fan dasturi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil 12-sentabrdagi 231-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.

Ishchi fan dasturi Pediatriya fakulteti ilmiy kengashining 2022 yil ―
‖ - sonli yig`ilisda tasdiqangan,


Kengash raisi:


Pediatriya fakulteti dekani, dotsent A.A.Gofurov


Tuzuvchil(ar):


Axmatoxunova M.K. - ADTI Farmatsevtik fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi


Taqrizchilar:


dagi



Zagrutdinov F.F. - ADTI. Farmakologiya, klinik farmrkologiya va tibbiy biotexnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi


G.U. To‟ychiyev - Farmatsevtik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi


Farmatsevtik fanlar kafedrasi mudiri v.v.b. G.U. To‟ychiyev Kelishildi:


O‘quv-uslubiy boshqarma boshligi K.M.Yusupov

Fanning ishchi o‟quv dasturiga kiritilgan o‟zgartirishlar va qo‟shimchalar:





  1. Fanni o‘qitishda foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar kiritildi.

  2. Fanni o‘quv materiallarini tayyorlashda Mirziyoev SH.M.‖O‘zbekistonni yanada rivojlantirish xarakatlar strategiyasi‖ to‗g‗risidagi farmoni. Toshkent. O‗zbekiston. 2017 yil fevral

2. Mirziyoev Sh.M. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ―Oliy ta`limni yanada rivojlantirish chora tadbirlari‖ to‗g‗risidagi qarorlari kabi materiallardan foydalanildi. 3.Mustaqil ta‘lim mavzulariga qo‗shimchalar kiritildi.

  1. Orfografik xatolar to‗g‗rilandi.

KIRISH





    1. O„quv faninig dolzarbligi va oliy kasbiy ta‟limdagi o„rni

Ushbu ishchi fan dasturi O‗zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standarti va bakalavriat ta‘lim yo‗nalishi malaka talablariga asoslangan xolda tuzilgan. Ushbu dastur asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‗qitish jarayoniga tadbiq etib, talabani nazariy ma‘lumotidan boshlang‗ich amaliy ko‗nikmalarni bajarishga o‗rgatib va ortirilgan ko‗nikmalarni zamonaviy texnologiyalar orqali amaliyot bilan uyg‗unlashtirilgan xolda mustaqil ravishda dorixona muassasalarini dori vositalari bilan ta‘minlashga va dorixonaga raxbarlik ishlarini olib borishga zamin yaratib beradi. Farmasevtika ishini tashkil qilish fani Farmatsiya (turlari bo‗yicha) ta‘lim yo‗nalishining mutahassislik fanlaridan bo‗lib, uning asosiy maqsadi farmasevtika tashkilotlari ishini tashkil qilish, ya‘ni. turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarning tuzilishi, undagi bo‗limlar ishini va ish joylarini tashkil qilish, dorixona assortimentini shakllantirish, dori vositalari va preparatlar hisobini olib borish usul va uslublarini dorixonada laboratoriya qadoqlash ishlarini, nazorat analitik laboratoriya, omborxona va boshqa farmasevtika tashkilotlarni tashkil qilish va faoliyatini olib borish ishlarini o‗rgatadi. Mamlakatimizda ta‘lim tizimiga e‘tiborning tobora yuqoriligi sababli, o‗quv darsliklarni yangilash va xorijiy o‗kuv adabiyotlaridan yanada ko‗proq foydalanishni taqozo etmoqda. Mazkur fan dasturni tuzishda xorijiy adabiyot ma‘lumotlari ham kiritildi. Bu talabalarning Farmasevtika ishini tashkil qilish fani bo‗yicha olgan bilimlarni yanada musaxkamlashga yordam beradi. Farmasevtika ishini tashkil qilish fanini o‗zlashtirishda tavsiya etilayotgan dastur Shane P. Desselle, David P. Zgarrick. Pharmacy M anagem ent Essentials for All Practice Settings. - Me Grou Hill Medisal adabiyotlaridagi yangi ma‘lum otlar bilan boyitildi.


O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq yuqori darajada ma‘naviy va axloqiy sifatlarga ega bo‗lgan malakali kadrlarni tayyorlash ilmiy asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Mazkur tayyorlangan ishchi dastur O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni va O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi 81- sonli buyrug‗ida belgilangan vazifalar hamda xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan holda qayta ishlab chiqildi.
Farmatsiyaga kirish yuqori malakali dorishunos-mutaxassislarni tayyorlashda boshlang‗ich fanlardan biri bo‗lib, u farmasevtika soxasiga talabalarni qiziqtirish dori moddalarini olish yo‗llarini, fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ularning kimyoviy tuzilishi bilan kishi organizmiga bo‗lgan ta‘siri orasidagi munosabatlarni hamda dori moddalarining sifatini nazorat qilish (tahlil) usullarini va saqlash shart-sharoitlarini o‗rgatadi. Yosh mutaxassis, farmatsiyaning qaysi sohasida ishlashidan qat‘iy nazar, u albatta dori vositalarining fizikaviy va kimyoviy xossalarini mukammal bilgan holda,
ularning sifat nazorati, qadoqlash, saqlash va manzilga yetkazish kabi shart- sharoitlarga doir masalalarni to‗g‗ri va tez hal qila bilishi lozim.

    1. Download 66.2 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling