DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:
umumiy og‘ir ahvol;
yaqqol og‘riq sindromi;
ko‘p qusish, ko‘ngil aynash, ich ketish;
perforatsiya belgilari.
Vazifalari:
Qorin old devori, diafragma va oraliq mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.
Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 min.
Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Enterokolitning barcha turlarida pastki ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi yaxshi ta'sir qiladi.
Xoletsistit – o‘t pufagining surunkali yallig‘lanish kasalligi.
DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatma:
umumiy og‘ir ahvol;
yaqqol og‘riq sindromi;
ko‘p qusish, ko‘ngil aynash;
perforatsiya belgilari (o‘tli peritonit belgilari).
Vazifalari:
umumiy ahvolni yaxshilash;
o‘t yo‘llari motorikasini neyrogumoral boshqarish;
o‘t yo‘llari motor va sekretor faoliyatini boshqarish;
qorin bo‘shlig‘ida qon aylanishini yaxshilash, dimlanishning oldini olish;
qorin devori mushaklarini mustahkamlash;
nafas faoliyatini yaxshilash;
emotsional holatni yaxshilash.
Qorin old devori, diafragma mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar qo‘llaniladi.
Dastlabki holat yotgan, o‘tirgan, turgan. Snaryadlar, uskunalar, murakkablashtirilgan yurish keng qo‘llaniladi. Muolaja davomiyligi 30 – 40 min.
Sanatoriya sharoitida DJT hajmi kengayadi, yuklama va uning intensivligi oshiriladi. Bundan tashqari siklik yuklamalar va turli o‘yinlar qo‘llaniladi.
Xoletsistitda ko‘krak va bel umurtqalarining uqalanishi yaxshi ta'sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |