«tasdiqlayman» O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 1.52 Mb.
|
122024 TARBIYA majmua (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki
- Texnoligiyaning maqsadi
- 2-Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi. (2 soat seminar) Akvarium texnologiyasi
- Mavzu: Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. (2 soat seminar)
ЎҚУВ
МАТЕРИАЛЛАРИ (СЕМИНАР ) 1-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari. (2 soat seminar) “3x4” texnologiyasi Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki o’quvchi) larni aniq bir muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bo’lib fikrlab hal etish,echimini topish, ko’p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni ummlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek,fikrlarni ma’qullay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar bilan avval yakka holda,so’ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi. Texnoligiyaning maqsadi: talaba (yoki o’quvchi)larning erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga,jamoat bo’lib ishlashga,intilishga;fikrlashni jamlab,ularni nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga;qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olish o’rganish. 2-Mavzu: Milliy tarbiya konsepsiyasi. (2 soat seminar) Akvarium texnologiyasi Ta’rifi. 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar. Ular – «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar (yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari». Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir. Foydalanish doiralari. Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi. Afzalliklari. Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari. Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o’qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l bermaydigan uslublarni bilishi lozim. Aniq nazorat bo’lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o’quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O’qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o’quvchilarni jalb qilish usullarini o’ylab chiqishi kerak. 3- Mavzu: Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili. (2 soat seminar) G`oyaviy charxpalak Ta’rifi Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo`lganda o`qituvchi guruhning har bir ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin). Barcha ishtirokchilar og`zaki fikr almashmasdan, o`zlarining varaqlarida savollarga bo`lgan javoblarning o`z-o`zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar. Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo`yicha kichik guruhdagi qo`shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so`ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag`i yana o`ziga qaytib kelgandan so`ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o`xshashligi ana shunda namoyon bo`ladi). Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o`tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro`yxatga kiritiladi. Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro`yxatdan o`z ifodalarini taklif etadilar. Agar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e’tiroz bildirmasalar u oxirgi ro`yxatga kiritiladi. Foydalanish doiralari Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin. Afzalliklari Taklif etilgan masalalarni izchil muhokama qilishni tashkil etish, so`ng jamoa bo`lib qarorni qabul qilish; bilimlarni dolzarblashtirish va mavjud tajribani aniqlash. Qiyinchiliklari Agar ishtirokchilardan biri ushbu mavzu bo`yicha yaxshi tayyorlanmagan bo`lsa, u butun jarayonni to`xtatib qolishi mumkin. Mazkur vaziyatda o`quvchiga muhokama etilayotgan masalalar bo`yicha darslikdan yoki boshqa adabiyotdan foydalanishga ruxsat berish mumkin, lekin bu uning bahosiga albatta ta’sir ko`rsatishi to`g`risida ogohlantirib qo`yish kerak. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling