Umumiy pedagogika
Fan/modul turi:
|
Majburiy fan
|
Fan/modul kodi:
|
M 0012
|
Yil:
|
2022-2023
|
Semestr:
|
5
|
Ta’lim shakli:
|
kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
80
|
Ma’ruza
|
26
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
10
|
Seminar mashg‘ulotlari
|
24
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
Kredit miqdori:
|
4
|
Baholash shakli:
|
Sinov va imtihon
|
Kurs tili:
|
o‘zbek, rus, qozoq
|
Fan/modulning maqsadi (MM)
|
F/MM1
|
“Umumiy pedagogika” fani 5111700– “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi talabalarini ta’lim- tarbiya nazariyasi, ta’lim shakli, metodi vositalari, ta’lim qonuniyatlariu va tamoyillari o‘rganish, tahlil qilish, xalq pedagogikasi va hozirgi zamon ilmiy pedagogikasining nazariy asoslariga oid bilimlar, shuningdek o‘quv tarbiya muassasalarida ta’limiy va ma’naviy - ma’rifiy ishlarni samarali tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
“Umumiy pedagogika” fanining maqsadi - fanga oid bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiriladi, pedagogik faoliyatga ijodiy yondoshish yo‘llarini ko‘rsatadi. Uni o‘qitish bo‘lajak bakalavrda pedagogik madaniyatni shakllantirish, ya’ni o‘qituvchi-tarbiyachi, yoshlar murabbiysi vazifalarini ijodiy bajarishga umumiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan yangi pedagogik tafakkurni tarkib toptirishga yo‘naltirishi lozim.
|
Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
|
1
|
talabalarga pedagogikaga doir ilk nazariy bilimlarni o’rgatish, pedagoglik kasbining rivojlanish tarixini hamda davrlardagi bosqichlarini o’rganishi, ta’lim-tarbiya va maktablarning paydo bo’lish tarixi hamda ta’lim-tarbiya ishlarining qanday olib borganligini o’rganish lozim. Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart: “Pedagoglik kasbiga kirish”.
|
Ta’lim natijalari (TN)
|
TN1
|
tadqiqotchilik – muammoni aniqlash, uni hal etish yo’llarini izlash, muammoga yechim topish qobiliyatiga egalik;
|
TN2
|
informatsion – axborotlar ustida ishlash, axborot xurujlaridan himoyalanish, axborot iste’moli madaniyatini egallash;
|
TN3
|
kommunikativ – lingvistik savodxonlik, adabiy va ilmiy uslub qoidalarini o‘zlashtirish, verbal va noverbal nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, o‘zaro fikr almashish qobiliyatiga ega bo’lish;
|
TN4
|
kreativ – faoliyat yoki jarayon samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud muammolarni ijobiy hal qilishga nisbatan tayyorgarlikni tavsiflovchi qobiliyatini egallash;
|
TN5
|
ma’naviy-axloqiy – jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish va amal qilish, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, ma’naviy targ’ibot va tashviqot ishlarini tashkil etishga tayyorgarlik;
|
TN6
|
akmeologik – o‘ziga va uni o‘rab turgan atrof-muhitga ishonch, o‘z xohish-istaklari va ehtiyojlarini to‘liq anglash, refleksiya, identifikatsiya, interiorizatsiyaga, o‘zining qarashlari, e’tiqodi va ustanovkalarini o‘zgartirishga qobiliyatlilik;
|
TN7
|
aksiologik – pedagogik voqelikni aksiologik baholash, pedagogik hodisalarni qadriyat sifatida anglash, pedagogik jarayondan zavqlanish, lazzatlanish, mas’uliyat hissini sezish, o‘z pedagogik pozitsiyasini anglash va ta’limiy qadriyatlar asosida pedagogik faoliyatga tayyorlik;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |