MUSTAQIL TA’LIM № 6.
Mavzu № 6. Taʼlim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari.
Ishning maqsadi: “Taʼlim turlari va taʼlimni tashkil etish shakllari” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: konspektlashtirish, tavsif yozish.
Bajarish vaqti: 6 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 6.
1-Topshiriq. Pedagogikaga oid oʻquv adabiyotlardan mavzuga doir qismlarini oʻqib, quyidagi masalalarni yozma bayon etish:
-oʻqitishning sinf-dars tizimining boshqa taʼlim tizimlaridan farqi nimada?
-nostandart darslarga tavsif yozish.
Tavsif yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Tavsif yozishdan maqsadni aniqlash.
2. Matnning asosiy semantik qismlarini ajratib ko‘rsatish.
3. Mavzuning xususiyatlari, o’ziga xosliklarini yoritib berish.
4. Tushuntirishni talab qiladigan tushunchalarni ajratib ko‘rsatish.
5. O’rganilayotgan materialning muhim jihatlarini izchil va qisqacha bayon qilish.
6. Asosiy qoidalar bo'yicha xulosalar, aniq faktlar va misollar tavsifga kiritilishi lozim.
7. Mazmunni vizual aks ettirish usullaridan foydalanish (tagiga chizishning turli usullari, turli rangdagi qalamlar).
8. Iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish.
Baholash mezonlari:
1. Yozma bayon etish tuzilishining to’g’riligi (uning barcha bo’limlarini aks ettirish).
2. Tavsif matnining to’liqligi (hajmning yetarliligi).
3. Mavzuning xususiyatlari va o’ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
4. Asosiy qoidalar bo'yicha xulosalar, aniq fakt va misollarning mavjudligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Сластенин В.А., Исаев И.Ф. Педа-гогика. – М.: Академия, 2005;
2. Подласый И.П. Педагогика. В 2-х кн. Кн.1. – М.: ВЛАДОС, 2003.
3. B.X.Xodjayev. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
4. M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik. – T.: “O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyat”, 2010.
5. Ibragimov X.I., Abdullayev SH. Pedagogika nazariyasi. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |