Matn-konspekt yozishda nimalarga e’tibor qaratish muhim?
-NIMA HAQIDA gap ketishiga;
-NIMALAR tasdiqlanishiga;
-QANDAY isbotlanishiga.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 8.
2-Topshiriq. Mavzuga oid keys tuzib kelish.
Keys tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Keysning mohiyati va uni qo’llash shartlari bilan tanishib chiqish.
2. Muammoni taqdim etish (muammoli vaziyat).
3. Keys savollarini tuzish va savollariga javob topishga harakat qilish.
4. Muammo bo’yicha ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash.
5. Tadqiqot metodini tanlash va vaziyatni tahlil qilish.
6. Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish.
7. Muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash.
8. Keys yechimni asoslash va bayon etish.
Baholash mezonlari:
1. Konspekt matnining to’liqligi
2. Mavzuning xususiyatlari va o’ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
3. Keys yuzasidan muammoning to’g’ri shakllantirilganligi
4. Keys yechimning asoslanganligi.
5. Nutqga ishonch, materialga yo'naltirilganlik, uni tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. M.Quronov. Milliy tarbiya – T.: 2012;
2. Ishmuxamedov R.,Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar / – T.: Fan va texnologiya, 2010.
3. B.X.Xodjayev. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. – T.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
MUSTAQIL TA’LIM № 9.
Mavzu № 9. Oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Oʻquvchilarning aqliy tarbiyasi.
Ishning maqsadi: “Oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Oʻquvchilarning aqliy tarbiyasi” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: insho yozish, doklad tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |