«tasdiqlayman» Terdu rektori A. Maraximov “ ” 2022 yil


Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi


Download 142.5 Kb.
bet2/6
Sana05.01.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1080254
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fan dastur Biznesga kirish 2022-2023

Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
˗ raqamli iqtisodiyot, texnologiya, raqobat, xilma-xillik, global imkoniyatlar va ijtimoiy mas’uliyat tomonidan yaratilgan muhitning biznes faoliyatiga ta’sirini aniqlash va tavsiflash.
˗ tadbirkorlik faoliyatining asosiy shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslash va nima uchun ko‘pchilik tadbirkorlik tavakkalchiligini qabul qilishga tayyor ekanliklarini muhokama qilish.
˗ biznes tashkilotlarida menejmentga bo‘lgan ehtiyojni, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini rivojlantirishdagi rolini va mijozlarni qoniqtiradigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonini tushunish.
˗ inson resurslarini jalb qilish va rvojlantirish hamda munosib mehnat muhitini yaratishda boshqaruv rolini tavsiflash.
˗ marketing funksiyasini tushuntirish va mahsulot strategiyasini, reklama strategiyasini, tarqatish strategiyasini va narxlarni belgilash strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq tushuncha va jarayonlarni tavsiflash.
˗ axborotni boshqarish uchun texnologiyadan foydalanish usullarini o‘rganish va moliyaviy ma’lumotlarni boshqarishda buxgalteriya hisobining ahamiyatini tushunish.
˗ moliyaviy menejment funksiyasi va pul va moliya institutlarining rolini tavsiflash va qisqa muddatli va uzoq muddatli mablag‘larni olish va taqsimlashni boshqarishda ishtirok etadigan tushuncha va jarayonlar to‘g‘risida tushuntirish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. O‘zgaruvchan ishbilarmonlik muhitida tavakkal qilish va foyda olish
Biznes va boylikni yaratish. Tadbirkorlarning boylik yaratishdagi ahamiyati. Biznes muhiti.
2-mavzu. Iqtisodiyot va uning biznesga qanday ta’sir qilishini anglash.
Iqtisodiy sharoitlarning biznesga ta’siri. Erkin bozor iqtisodiyotini mohiyatini tushunish. Aralash iqtisodiyot tendensiyalari.
3-mavzu. Global bozorda biznes yuritish.
Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik. Jahon biznesida import va eksportning ahamiyati. Jahon bozorlariga chiqishda qo‘llaniladigan strategiyalar va ko‘p millatli korporatsiyalarning roli. Jahon bozorda savdoga ta’sirqiluvchi kuchlar.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling