O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
|
«TASDIQLAYMAN» TerDU rektori
_______________ A.Maraximov “ ____” _____________ 2022 yil
|
BIZNESGA KIRISH
FANINING O`QUV DASTURI
Termiz – 2022
Fan/modul kodi
NTBUS6
|
O’quv yili
2022-2023
|
Semestr
2
|
Kreditlar
6
|
Fan/ modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
o’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg`ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
|
Biznesga kirish
|
72
|
108
|
180
|
I.Fanning mazmuni
Biznesga kirish fani talabalarga biznes bo‘yicha tushunchani rivojlantirish va biznes masalalarini hal qilishda tanqidiy va analitik fikrlashni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Biznesga birinchi navbatda uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi mahalliy va global omillarni o‘rganish, so‘ngra uning tarkibiy tuzilishini o‘rganish masalalari kiradi. Talabalar marketing, strategiya, moliya, buxgalteriya, kadrlar bilan ishlash, axborot tizimlari va operatsiyalarni boshqarish funksiyalari bilan bog‘liq asosiy masalalarni tahlil qiladilar. Bundan tashqari, ushbu kurs talabalarga ishbilarmonlikning axloqiy masalalarni muhokama qilish, shuningdek, yangi biznes boshlash imkoniyatlari va muammolarini o‘rganish imkoniyatini beradi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – biznesga kirish fani qiziqqan o‘quvchini zamonaviy biznesning ko‘plab funksiyalari bilan tanishtirish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu kurs talabalarga o‘zgaruvchan jamiyatda bu funksiyalar qanday mavjudligini va shu sharoitda qabul qilinishi kerak bo‘lgan qarorlar turlarini ko‘rsatadi. Ushbu fan talabaga biznes sohasidagi ko‘plab sohalarni kashf qilish va ularni o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy jamiyatda biznesning ahamiyati ham ushbu kurs davomida tushuntirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |