V. Fan o`qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
• raqobat sharoitida biznes olib boradigan kompaniyalarning ichki va tashqi operatsiyalariga ta’sir qiluvchi raqobat muhitlari va kuchlarini aniqlash va tavsiflash; tadbirkorlik va tadbirkor bo‘lish nima ekanligi haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
• biznes yuritishda rahbarlarning axloqiy me’yorlarni belgilash va korporativ ijtimoiy javobgarlikni rag‘batlantirish, tashkilotlarni tuzish, ishlab chiqarish va operatsiyalarni boshqarish va inson resurslarini rag‘batlantirish borasidagi muammolarini muhokama qilish; Mijozlarga yo‘naltirilgan marketing rejalarini, narxlarni belgilash, reklama, tarqatish va mahsulot dizayni nuqtai nazaridan asosiy strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
biznes faliyatida buxgalteriya hisobi va moliyaviy ma’lumotlarning ahamiyatini va moliyaviy rejalashtirish jarayonida ishtirok etadigan menejerlar duch keladigan qiyinchiliklarni aytib berish, erkin bozor iqtisodiyotida biznes yuritishning alohida jihatlarini tavsiflash va uning boshqa iqtisodiy tizimlardan farqini bilish; biznes yuritishda inson resurslari bilan ishlash va ularni boshqarish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
VI. Tа’lim tеxnologiyalаri vа mеtodlаri:
• ma’ruzalar;
• real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;
• esse, tezis va maqolalar yozish;
• vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish;
• jarayonli-yo‘naltirilgan ta’lim;
• muhokamalarda ishtirok etish;
• kichik guruhlarda ishlash;
• loyiha ishi bajarish;
• mustaqil ishlarni bajarish;
• taqdimot tayyorlash;
• turli darajadagi testlarni yechish;
so‘rov o‘tkazish.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar (Requirements for obtaining loans):
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha test yoki yozma ishni topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |