Ko'chuvchilarning majburiyati va shaylanishi
Ko'chish haqidagi xabarni eshitgan zahoti shaxsiy muhofaza vositalari, shaxsiy buyumlar va hujjatlar, pasport, harbiy guvohnoma, diplom, bolalarning tug'ilganlikhaqidaguvohnomasini olib, narsalarni chamadon, yuk xalta, sumkaga solib, familiyasi, ismi, sharifi, doimiy yashash joyi ko'chadigan joyi yozib yopishtiriladi. Shu bilan birga uch kunlik oziq-ovqat olinadi. Yosh bolalarning ismi, familiyasi, ota-onasining ismi, tug'ilgan yili, ko'chish joyi oq matoga yozib, kiyimiga tikib qo'yiladi. Uydan chiqayotgan vaqtda gazni o'chirib, elektr asboblarini manbadan ajratib, pardalarni derazalardan olib, tez yonadigan moddalarni chetga, panaga joylashtirib, eshikni qulflab, o'z vaqtida punktga borib, ro'yxatdan o'tishlari kerak.
Aholining evakuatsiya vaqtidagi xatti-harakati
O'z vaqtida uyushqoqlik bilan yig'ilish punkti ma'muriyatining ko'rsatmalarini bajarish aholining asosiy xatti-harakati qoidalari hisoblanadi. Transportlarda yurgandajavobgar shaxs o'rnatgan tartib - qoidalarga qattiq rioya qilish, uning ruxsatisiz transportni tashlab ketmaslik lozim. Aholini piyoda olib ketishda ular punkt oldida kolonnalarga saflanadi. Piyoda yurish paytida bir kecha-kunduzga rejalashtirUib, orasida dam olishlar beriladi. 1—1,5 soatdan keyin 10—15 daqiqa, yarim yo'hii bosgandan keyin 1—2 soat dam olinadi.
Yetib kelgan aholini qabul qilish va joylashtirish
Aholi qabul qilish joylariga yetib kelgach, mahalliy hokimiyat favqulodda vaziyatlar bo'limi bilan birga odamlarni joylashtiradi. Yetib kelganlar ro'yxatdan o'tadi. Ko'chib kelganlar joylashish tumanlarida yashash joyi bilan ta'minlanadi.
Savollar:
1. Evakuatsiya nima
2. Evakuatsiyaning nechta turi mavjudq
3. Ko'chuvchilarning majburiyatlarini aytib bering.
“Tasdihlayman”
NamMPI qoshidagi To’raqorg’on
Akademik maktab direktori, F M
boshlig’i: Х.Nizomov
Maktab O’qituvchi –xizmatchilarini favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish soxasida va fuhoro muxofazasiga tayyorlash bo’yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |