"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani
Download 308.5 Kb.
|
15 соатли ФМ конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evakuatsiya qilish tadbirlari
- 1. Oldindan otkaziladigan kochirish
Yalpi evakuatsiyada favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududdan hamma toifadagi aholi olib chiqilishi nazarda tutiladi.
Qisman evakuatsiyada favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududdan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, kollej o'quvchilari va oliy o'quv yurtlari talabalarini olib chiqilishi zarur bo'lganda o'tkaziladi. Evakuatsiya qilish tadbirlari Aholini turli xususiyatlardagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash, barcha ob'ektlar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. "Aholi va hududlarni tabiiy holda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonunning 11-moddasida bayon etilganidek, belgilangan tartibda evakuatsiyaga oid tadbirlarni o'tkazish va odamlarni joylashtirish maqsadida oldindan joylar tayyorlab qo'yish lozim. Tadbirlar o'tkazish vaqti va muddatiga qarab, aholini ko'chiiish 2 turga ajratiladi: 1. Oldindan o'tkaziladigan ko'chirish — favqulodda vaziyat (xavfli inshootlardagi falokatlar yoki tabiiy ofatlar) yuzaga kelish ehtimoli yuqori darajada ekani haqida ishonchli ma'lumot olganda o'tkaziladi. 2. Shoshilinch ko'chirishlar — odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug'iladigan darajada texnogen yoki tabiiy turdagi favqulodda vaziyat yuzaga kelgan, aholining odatdagi yashash muhiti buzilgan taqdirda o'tkaziladi. Favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo'limlari barcha turdagi evakuatsiyani boshqaradi. Ular evakuatsiya haqida aholini barcha ommaviy axborot vositalari orqali ogohlantiradi. Har bir korxona, o'quv muassasalarida ko'chiriluvchilarning ro'yxati tuziladi, pasport ro'yxatga olish paytida asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi. Aholini tez, o'z vaqtida olib chiqish uchun evakuatsiya qilinadigan yig'ish punkti tashkil etiladi (EQAYP). Evakuatsiya qilinadigan aholini yig'ish punkti (EQAYP) klub, madaniyat uylari, kinoteatr, maktab, temiryo'l stansiyalari, bandargohlarda joylashtiriladi. Har bir punktga tartib raqami yo2dladi. Ularda o'zlariga qarashli korxona, o'quv muassasalari, ishchilar, o'quvchilar, shuningdek, ularning oila a'zolari ham hisobga olinadi. Maktab, akademik maktablar, kasb-hunar kollejlarida mashg'ulotlar bo'layotgan paytda "HAVODAN" xabari berilsa, kitob, daftar va barcha narsalarni tezda yig'ishtirib, parta ostiga qo'yib o'qituvchi yoki navbatchi ko'rsatmalariga amal qilgan holda saqlanish joylariga borish kerak. Yuqori sinf (bosqich) talabalari bu paytda quyi sinf (bosqich) talabalariga yordam beradi, agar talabalar xabar bergan paytda kutubxona, bog', muzey, kinoteatr, klub, transport vositalari yoki boshqa jamoat joylarida bo'lsa, o'qituvchi yoki o'sha joydagi navbatchilaming ko'rsatmalarini aniq bajarishi lozim. Saqlanish joylari va pana joylardagi umumiy qoidalarga qattiq rioya qilishlari shart. Fuqaro muhofazasining boshqa xabarlari berilganda o'qituvchilar va navbatchilaming ko'rsatmasiga asosan harakat qilinadi. Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling