Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari vositalari tizimi sa’y harakatlari majmuyi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish- oldindan o’tkazilib favqulodda vaziyatlar ro’y berishi havfini imkon qadar kamaytirishga bunday vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa odamlar sog’lig’ini, saqlash atrof-muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish- favqulodda vaziyatlar ro’y berganda odamlar hayoti va sog’lig’ini saqlash, atrof muhitga yetkazadigan zarar va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirish shuningdek, favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarni halqaga olib, havfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar kompleksidir.
O’zbekiston Respublikasi hududida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish harakteriga ko’ra 3 turga:
tabiiy; texnogen; va ekologik favqulodda vaziyatlarga bo’linadi;
O’lchamlariga ko’ra esa 4 turga:
lokal;
mahalliy;
respublika;
transchegara favqulodda vaziyatlarga bo’linadi.
Mashg’ulot rahbari CHQBT fan o’qituvchisi: Usmonov.A
“Tasdiqlayman”
To’raqorg’on tumani
24-sonli maktab direktori, F M
boshlig’i: A.Egamberdiyev.
Maktab O’qituvchi –xizmatchilarini favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish soxasida va fuqoro muxofazasiga tayyorlash bo’yicha
mashhulot reja konspekti
Mavzu: Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar Tabiiy ofat, uning tavsifi va tasnifi.
Mahsad: O’qituvchi –xizmatchilarini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy favqulodda vaziyatlar tasnifi bilan tanishtirish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, favqulodda vaziyatlarsodir bo’lganda xarakatlanishni o’rgatish .
Mashhulot savollari: 1. Tabiiy ofat nima?
2. Zilzila, suv toshqini, sel, qor ko'chkisi qanday yuz beradi?
3. Zilzila va suv toshqini bo'lganda aholi qanday qoidalarga rioya qilishi kerak?
-Vaht-45 minut
-Mashhulot o’tish joyi- ChQBTo’quv xonasi.
-Mashhulot o’tish uslubi-Maruza.
-Mashhulot turi- Nazariy.
-Mashhulot o’tish foydalanilgan adabiyotlar-FM bo’yicha qonun va VM qarorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |