"Tasdiqlayman" To’raqorg’on tumani
Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar
Download 308.5 Kb.
|
15 соатли ФМ конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv toshqini.
- Qor kochkisi.
- Nazoratdagi savollar
Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar Tabiiy ofat, uning tavsifi va oqibatlari. Tabiiy ofat — bu tabiat hodisasi, u to'satdan ro'y berib mo'tadil hayot buzilishiga, ayrim paytda odamlarning halok bo'lishi va moddiy boyliklarning yo'q bo'lishiga sabab bo'ladi. Tabiiy ofatga zilzila, suv toshqini, sel, qor ko'chkisi va boshqalar kiradi.
Zilzila. Yer ostidagi kuchli zarbning paydo bo'lishi oqibatida yer ustida silkinishning yuzaga kelishi. Zilzila bir lahzalik yoki takrorlanuvchan xarakterli bo'lishi mumkin. Uning yuqori balli silkinishlari katta qurilishlami vayron qiladi, eneigiya , suv, gaz, aloqa tarmoqlarini ishdan chiqaradi. Vayronalar odamlarni bosib qolishi mumkin. Suv toshqini. Daryo yoki ko'llar suvining ko'tarilishi natijasida yerlarning suv ostida qolishi. Suv toshqini qattiq yomg'ir yoqqanda, qorning haddan ko'p erishi, shuningdek, ko'l va daryo suvlarini shamol ko'tarib olib keUshidan paydo bo'ladi. Suv toshqini odamlar, quriUshlar, ekinlar, xo'jalik mollarining nobud bo'lishiga olib keladi. Sel. Qum, loy, tosh va boshqa tog' jinslari bilan biiga qo'shilib oqadigan shiddatli suv oqimi bo'lib, o'tgan yo'Uni bir necha metr balandlikda bosib o'tadi. Cho'kish. Tog' jinslarining yer osti suvlari bilan to'yingan eritma hosil qilib qurilish va inshootlar og'irligi ta'sirida siig'alib yerning o'pirilishi. Natijada turar joylar, aholi punktlari, imoratlar buziladi, qishloq xo'jaligining katta-katta yerlariga ziyon yetadi. Qor ko'chkisi. Tog'lik va adirli hududlarda to'plangan qalin qor qatlamining ko'chishi. Transport harakati, elektr tarmoqlariga, xo'jalik ishlariga zarar yetkazadi. Surilmalar (ko'chkilar). Dengiz, ko'l, soylar va tog' yonbag'irlarida joylashgan bo'sh jinslar ustki qismining yer ustki va ostki suvlari hamda o'zining og'irUk kuchi ta'sirida pastga qarab harakat qilish hodisasi surilish yoki ko'chki deyiladi. Keyingi 15 yil ichida O'zbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopgan, Yuqori Chirchiq tumanlaridagi Xumson, Bog'iston, Xo'jakent, Chibargota va boshqa qishloqlarda, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarining tog'li hududlarida kuchli surilish hodisalari ro'y bermoqda. Hozirgi zamon ihn-fani qanday joyda qancha kuchda silkinish bo'lishini aytib bera oladi. Ammo qaysi kun va qaysi soatda sodir bo'lishini aniqlay olmaydi. Eng kuchli zilzila O'zbekiston hududida: 1902-yil Andijonda (8-9 balli), 1946-yil Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), 1868 va 1966-yillarda Toshkentda (6—7 ball, 1000 martagacha), 1978-yil Gazlida (8—9—10 ball) bo'lgan. Tojikistonda 1907-yili (Hisorda 9—10 ball) zilzila tufayli 15 ga yaqin qishloqlar xonavayron bo'lgan, 1000 ga yaqin odam halok bo'lgan. 1911-yildagi (Pomirda) Sarez zilzilasida tog' o'pirilib, O'san degan to'g'on hosil qilgan. Murg'ob daryosini to'sib qolib, Sarez degan ko'l paydo bo'lgan. Zilzila boshlaganda bir qavatli uyda yashovchilar darhol uylaridan (eshik, deraza orqali) chiqishlari lozim. Ko'p qavatli uydagilar esa eshik-romlari, ustunlar va derazadan chetroq o'rinlarda turishlari kerak. Birinchi silkinish bo'lib kamayganda darhol binoni, zinapoyalar orqali tashlab chiqish lozim, lift orqali chiqish mumkin emas, chunki hit uzilib ketishi mumkin. Ko'chada uylardan uzoqroq joyga, qurilish bo'lmagan joylarga, katta ko'chaga, sport maydonchalariga borish kerak. Korxona va tashkilotlar (o'quv muassasalari)da yer qimirlash vaqtida ish to'xtatiladi, odamlar xavfsiz joylarga chiqishadi. Yuqori sinf o'quvchilari maktab, maktab, kollejlarda maktab rahbariyati bilan birga tartibni saqlab quyi sinf o'quvchilariga yordam berishi lozim. Teatr, do'kon va boshqa jamoat joylarida vahima ko'tarmasdan tartibga binoan harakat qilish lozim. Jamoat transportlarida bo'lgan paytda uning to'xtashini kutib, oldin nogironlar, bolalar va qariyalarning tushib olishlariga chaqqon yordamlashib, keyin tushish kerak. Zilziladan keyingi birinchi soatlar silkinish qayta takrorlanishi mumkinligini esda tutish lozim. Suv toshqini xavfi ancha oldm, agar alomati kutihnaganda paydo bo'lsa (yong'inning ko'p yog'ishi va hokazo holatlar natijasi tufayli) bir necha soat oldin xabar qilinadi. Yetarli vaqt bo'lganda suv toshqini bo'lishi taxmin qilingan hududdagi odamlar u yerdan olib chiqiladi. Suv bosishi mumkin bo'lgan joylardagi korxona, muassasa, maktab, maktabgacha bo'lgan tashkilotlarda vaqtincha ish to'xtatiladi. Bolalar xavfsiz joydagi maktab va maktabgacha bo'lgan tarbiya maskanlariga joylashtiriladi. To'satdan boshlangan suv toshqinida aholi butun mavjud vositalar bilan ogohlantiriladi. Bunday vaziyatda suv bosmaydigan xavfsiz joyga ko'chib olish lozim. Suv toshqini hududida qolganlar zudlik bilan tepalik yoki daraxtlarga chiqib oUshlari kerak. Suv ichida qolganlar suv bosmagan joylarga oqimga qarshi emas balki, unga burchak hosil qihb yog'och, taxta, bochkalar yordamida suzib o'tishlari kerak. Suv bosgan hududda zudlik bilan qutqarish ishlari olib boriladi va suzuvchi ekipajlarning barcha turlari jalb etiladi. Agar suvda bir nechta odam borligi aniqlansa, awal yordamga muhtojlar qutqarib olinadi. Qolganlariga qutqaruvchi vositalar beriladi. G'arq bo'layotganlar oldiga qayiqda oqimga qarshi suzib borib, qayiq quyrug'i tomonidan olinadi. Selga qarshi muhofazalanish uchun selga qarshi to'g'on, g'ov, damba, ko'tarma va boshqa muhofaza qurilmalari quriladi. Sel aksariyat hollarda kutilmagan paytda ro'y beradi. Shu sababli bunda eng birinchi vazifa odamlarni ofatdan o'z vaqtida ogohlantirishdir. Xavf tug'ilganda bu xabarni yetkazish uchun chopar yuboriladi va ular aholini ba'zan atigi o'n daqiqalar oldin {ba'zida 1—2 soat va ziyod) ogohlantiradi. Xabarni eshitgan zahoti seldan xavfsiz joyga chiqish lozim. Sel yoki ko'chki xavfi paydo bo'lganda, agar vaqt yetarli bo'lsa, xavfli hududdan aholi ko'chiriladi. Hammani xavfdan ogoh etib, har bir kishi uyidagi gaz va elektr tarmoqlarini ajratib, tezlik bilan xavfsiz joyga chiqadi. Qor ko'chishi xavfi paytida ham oldin aholi barcha aloqa vositalari yordamida ogohlantiriladi. Bu davrda harakat, ayniqsa, qishloq joylarda cheklanishi lozim. Oziq-ovqat, yoqilg'i, suv, o'tin, qishloq joylarda, fermalarda yem-xashak, anjomlarining tayyorligini ko'rish zarur. Mollar panajoylarga qamaladi. Agar avtomobillarda ketayotgan vaqtda qor bo'roni boshlanib qolsa, mashinani tashlab qishloqqa yoki odam bor joyga boraman, deb ketmaslik kerak. Har qanday vaziyatda mashinaning eshiklarini yaxshilab berkitib, motorlariga pana yasab, uning ichidan chiqmay o'tirish lozim. Mashinani izlovchilarning ko'ziga ko'rinish uchun qordan tozalab turish kerak. Nazoratdagi savollar: 1. Tabiiy ofat nima? 2. Zilzila, suv toshqini, sel, qor ko'chkisi qanday yuz beradi? 3. Zilzila va suv toshqini bo'lganda aholi qanday qoidalarga rioya qilishi kerak? Mashg’ulot rahbari CHQBT fan o’qituvchisi:: Usmonov.A “Tasdiqlayman” To’raqorg’on tumani 24-sonli maktab direktori, F M boshlig’i: A.Egamberdiyev. Maktab O’qituvchi –xizmatchilarini favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish soxasida va fuhoro muxofazasiga tayyorlash bўyicha Download 308.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling