Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori S. Ya. Islamov


Download 134.5 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1417267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
протокол С.Турсоатов

So’zga chiqdi: b.f.n., dotsent M.AberqulovAssalomu-alaykum hurmatli yig’ilish qatnashchilari. Dissertant olib borgan ilmiy ish dolzarb hisoblanadi. Urug’chilik sohasidagi olimlarimiz tomonidan g’o’za urug’larini dastlabki va elita urug’larini yetishtirish bo’yicha eng maqbul uslub ishlab chiqish dolzarb bo’lib turibdi. SHu bilan bir qatorda, navdorlikni yuqori darajada saqlash va urug’ jamg’arish koeffitsentini oshirish borasidagi izlanishlar uzluksiz ravishda olib borilmoqda. Ushbu izlanishlarning davomi sifatida yuqorida tanishtirilgan ilmiy ish elita urug’lar tayyorlashning samaradorligi yuqori ekanligi muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, talabgorning dissertatsiya ishi O’zbekiston respublikasi OAK talablariga javob beradi, Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etaman.
Rais: YAna kim so’zga chiqmoqchi? (Etarli). So’zga chiqadiganlar bo’lmasa, yuqoridagi bildirilgan takliflarga asosan ushbu dissertatsiya ishini keyingi bosqichga tavsiya etish bo’yicha ovoz berishlaringizni so’rayman.
Qarshilar? – Yo’q.
Betaraflar? – Yo’q.
Bir ovozdan qabul qilindi.
Dissertant Tursoatov Sobir Xolmirzaevichning «G’o’za navlarini elita urug’larini yetishtirish usulini takomillashtirish» mavzusidagi 06.01.05 – Selektsiya va urug’chilik ixtisosligidan qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishiga kafedra majlisining
XULOSASI
Dissertatsiyaning ixtisoslikka muvofiqligi. Dissertatsiya ishi mazmuni, olingan natijalar, ilmiy-amaliy ahamiyati bo’yicha 06.01.05 – Selektsiya va urug’chilik ixtisosligiga mos keladi.
Dissertatsiyaning ilmiy darajasi. Hozirgi vaqtda, elita-urug’chilik ishlarida qo’llaniladigan usullar har doim ham yangi olingan selektsiya ashyosining belgilar majmui bo’yicha barqarorlashuvi masalasini tezkor yechishga imkon beravermaydi. Buning ustiga, boshqa belgilarni hisobga olmagan holda olib borilgan bir necha belgilar bo’yicha yo’naltirilgan tanlov salbiy korrelyatsiyalar mavjud bo’lganda nav uchun muhim bo’lgan boshqa belgilarning yomonlashuviga olib keladi. G’o’za o’simligining mexanik va biologik ifloslanishini hamda agrotexnik tadbirlarning to’g’ri bajarilmasligi natijasida fenotipik belgilarning o’zgarishini hisobga olish ahamiyatlidir. SHularni e’tiborga olgan holda elita urug’lar jamg’arishda yangicha uslublardan foydalanish muhimligi dolzarb. YUqoridagilarni inobatga olib g’o’za navlarini elita urug’larini yetishtirishda dalada morfologik belgilari bo’yicha yakka va oilaviy tanlash o’tkazish, elita urug’liklar tolasini texnologik ko’rsatgichlarini zamonaviy usullarda aniqlash, navdorlikka qo’yilgan talablarni o’zgartirish, ko’chat qaliniligini oshirish orqali urug’ jamg’arish koeffitsentini oshirish usullarini takomillashtirish dissertatsiya ishining ilmiy darajasini belgilaydi.

Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling