Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori S. Ya. Islamov
Rais: YAna kimda qanday savollar bor? (Etarli). Navbatdagi so’z ikkinchi taqrizchi q.x.f.n., dotsent F.N.Toreyevga marhamat. Eshitildi
Download 134.5 Kb.
|
протокол С.Турсоатов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rais
- So’zga chiqdi
Rais: YAna kimda qanday savollar bor? (Etarli). Navbatdagi so’z ikkinchi taqrizchi q.x.f.n., dotsent F.N.Toreyevga marhamat.
Eshitildi: q.x.f.n., dotsent F.N.Toreyev yig’ilish a’zolarini o’zining taqrizi bilan tanishtirib o’tdi (taqriz ilova qilinadi). Taqriz ijobiy va taqrizchi talabgor S.X.Tursoatovni dissertatsiyasini Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.-raqamli Ilmiy Kengashda himoya qilish uchun tavsiya etdi. Rais: Taqrizchiga savollar bormi? (Yo’q). Savollar bo’lmasa, taqrizchi tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun so’z talabgor S.X.Tursoatovga beriladi. Marxamat. Eshitildi: S.X.Tursoatov – q.x.f.n., dotsent F.N.Toreyevga dissertatsiya ishimni ko’rib chiqqanligi va ko’pgina kamchiliklarni ko’rsatib, ularni tuzatish yuzasidan qimmatli taklifini berganligi uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizchi tomonidan ko’rsatilgan har bir kamchilik va takliflarini dissertatsiya ishini ilmiy seminarda dastlabki muxokamasigacha bartaraf qilaman. YAna bir bor q.x.f.n., dotsent F.N.Toreyevga katta raxmat aytaman. Rais: Hurmatli taqrizchilar. Tadqiqotchining javobi qoniqarlimi? (Ha). Rais: Talabgorning ilmiy rahbari yig’ilishimizda qatnashmoqda shu sababli so’z navbati talabgorning ilmiy raxbariga. So’zga chiqdi: q.x.f.d. B.Mamaraximov – Assalomu-alaykum hurmatli yig’ilish qatnashchilari. S.Tursoatov olib borgan tadqiqot natijalarini ma’ruza qilib o’tdi. Tadqiqotlarni meni raxbarligimda olib borgan. Tadqiqotchining ishga jiddiy yondashishi, o’ziga bo’lgan talabchanligi, berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishi va sohaga bo’lgan qiziqishini yuqori baholasak bo’ladi. Dissertatsiya ishini Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etaman. Rais: Hurmatli yig’ilish qatnashchilari muhokamaga o’tsak. Kim so’zga chiqmoqchi? Marxamat, Musa Eshmurodovich. So’zga chiqdi: q.x.f.n., katta o’qituvchi M.Ashurov – Dissertatsiyaning ilmiy ahamiyati shundaki, elita urug’lar yetishtirishda navdorlikni yuqori darajada saqlash uchun muallif ishtirokidan foydalanish va HVI tizimi yordamida tanlash o’tkazish orqali sifatli urug’lar yetishtirish va jamg’arish imkoniyati asoslab berilgan. CHunki urug’chilik sohasida navlarni sofligini saqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Dissertatsiya OAK talablariga binoan yozilgan. Lekin, yuqorida ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar tuzatilishi lozim. Umuman olganda, dissertatsiya ishi OAK talablariga javob beradi va uni Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilishga tavsiya etaman. So’zga chiqdi: q.x.f.n. dotsent M.U.Maxamatova – Mana bugun qiziqarli ma’ruza eshitdik. Dissertatsiya ishi g’o’za navlarini elita urug’larini yetishtirish uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan ya’ni navlarning novdorligini saqlash uchun elita urug’lar yetishtirish jarayonida muallif ishtirokining samaradorligi asoslab berilgan. Taqrizchilar dissertatsiya ishida ba’zi kamchiliklarni ko’rsatib o’tdi va o’z fikrlarini bildirdi. Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar bartaraf etilsa ishni keyingi bosqichlarga tavsiya qilsa bo’ladi deb xisoblayman. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling