Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori S. Ya. Islamov


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 134.5 Kb.
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1417267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
протокол С.Турсоатов

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G’o’za navlarini elita urug’larini yetishtirish uslubiyotini takomillashtirish asosida: G’o’za navlarini elita urug’larini yetishtirish uslubiyotini takomillashtirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida: elita urug’lar ko’chatzorlarida yakka va oilaviy tanlashlarni muallif ishtirokida olib borish, urug’lik tanlash o’tkazishda dala ko’rigidan tashqari laboratoriyada HVI tizimidan ham foydalanilishi, urug’lik ko’chatzorlarda ko’chat qalinligini o’zgartirish va urug’lik terib olishda ko’saklar ochilish me’yorini belgilash orqali yuqori samaradorlikka erishilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 02/020-633-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elita urug’lar yetishtirish uslubi takomillashtirilgan, HVI tizimidan g’o’za urug’chiligi xo’jaliklarida foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi VM-733-son “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi urug’chilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori loyihasiga kiritilgan va Qarorning 4-bandi 8-xat boshida aks ettirilgan.
Urug’chilik xo’jaliklarining urug’lik ko’chatzorlarida yakka va oilaviy tanlash o’tkazishda muallif ishtirokidan foydalanish Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumanida joylashgan “Bekzod Xo’jamberdiyev” elita urug’chilik fermer xo’jaligida 30 ga maydonda joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 02/020-633-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasi sifatida xo’jalikda “Beshqaxramon” g’o’za navining elita urug’larini yetishtirishda urug’lik ko’chatzorlarida nav muallifi ishtirokida dala ko’rigi va tanlash ishlari olib borilgan hamda navdorlikni yuqori darajada saqlashga erishilgan. Tolaning texnologik ko’rsatgichlaridan tola chiqimi 40-41 % gacha oshirilgan, mikroneyri 4,3-4,5 g.k. gacha o’zgargan, tola uzunligi 34,1-34,9 mm gacha oshirilgan, solishtirma uzilish kuchi 27,3-29,1 g.k./teks gacha yaxshilangan, bu esa nav tasnifida keltirilgan ko’rsatgichlarga deyarli erishilganligi qayd etilgan;
DDEITI Qashqadaryo filialida g’o’zaning “Buxoro-102” navini elita urug’larini yetishtirish va jamg’arishda nav muallifi ishtirokida tanlash ishlari joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligining 2020 yil 21 fevraldagi 02/020-633-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nav tasnifida keltirilgan ko’rsatgichlar bo’yicha saqlashga erishilganligi hamda gektar hisobida 66 ming dona ko’chat joylashtirish orqali urug’ jamg’arish koeffitsiyenti yuqori bo’lganligi qayd etilgan.

Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling