Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori S. Ya. Islamov
Savol: q.x.f.n., katta o’qituvchi M.Ashurov – Ishingizdagi jadvallarga qaysi usulda ishlov berdingiz? Javob
Download 134.5 Kb.
|
протокол С.Турсоатов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: q.x.f.n., katta o’qituvchi M.Ashurov – Ishingizdagi jadvallarga qaysi usulda ishlov berdingiz?
Javob: S.X.Tursoatov – Jadvallarni B.Dospexov tavsiya etgan usulida variatsion-statistik tahlil qildik. Savol: dotsent S.Jo’raev – Jadvallaringizda EKF ko’rsatilganmi? Javob: S.X.Tursoatov – Dissertatsiyada keltirilgan jadvallarimizda eng kam farq ko’rsatilmagan. Ilmiy seminarga qo’yilgunga qadar kamchilikni bartaraf etamiz. Savol: dotsent M.Aberqulov – Olib borgan ilmiy tadqiqot ishingiz loyiha bilan bog’liqmi? Javob: S.X.Tursoatov – Ha, ilmiy tadqiqot ishimiz I-QX-2017-5-18 “Davlat sinovidagi yangi navlarni original urug’larini dastlabki ko’paytirish uslibiyotini ishlab chiqish va joriy qilish” (2016-17 yy.), QXA-8-047-2015 «Urug’lik paxtani jamg’arish va elita va keyingi reproduktsiyali urug’larni ishlab chiqarishni takomillashtirish» (2015-2017 yy.), KX-A-KX-2018-155. “Fermer xo’jaliklarida yetishtirilayotgan urug’lik paxtaning navdorligi va urug’lik sifatiga yo’naltirilgan urug’lik paxta yetishtirish sharoitlarining ta’siri” (2018-2020 yy.) kabi loyixalar doirasida olib borilgan. Savol: professor G.Xolmurodova – Urug’lik ko’chatzorda ko’chat qalinligini o’rganganingizda boshqa xo’jalik belgilari bilan bog’liqligi qanday bo’ldi? Javob: S.X.Tursoatov – Tadqiqotning ob’ekti sifatida g’o’zaning S-6524, Sulton, Namangan-77 va Buxoro-6 navlari ishtirokida o’rganildi. Vegetatsiya davri bo’yicha kuchli bo’lmagan salbiy korrelyatsiya kuzatildi. Boshqa xo’jalik belgilari bo’yicha esa deyarli kuchli ijobiy korrelyatsiya ham kuzatilmadi. Rais: Yana kimda qanday savollar bor? (Etarli). Hurmatli yig’ilish ishtirokchilari, S.X.Tursoatovning dissertatsiya ishi va avtoreferati kafedramiz a’zolari q.x.f.d., dotsent K.O.Xudarganov va q.x.f.n., dotsent F.Toreyevlarga batafsil ko’rib chiqish uchun berilgan. Navbatdagi so’z birinchi taqrizchi q.x.f.d., dotsent K.O.Xudarganov marhamat. Eshitildi: q.x.f.d., dotsent K.O.Xudarganov yig’ilish a’zolarini o’zining taqrizi bilan tanishtirib o’tdi (taqriz ilova qilinadi). Taqriz ijobiy va taqrizchi talabgor S.X.Tursoatovni dissertatsiyasini Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.-raqamli Ilmiy Kengashda himoya qilish uchun tavsiya etdi. Rais: Taqrizchiga savollar bormi? (Yo’q). Savollar bo’lmasa, taqrizchi tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarga javob berish uchun so’z talabgor S.X.Tursoatovga beriladi. Marxamat. Eshitildi: S.X.Tursoatov – q.x.f.d., dotsent K.O.Xudarganovga dissertatsiya ishimni ko’rib chiqqanligi va ko’pgina kamchiliklarni ko’rsatib, ularni tuzatish yuzasidan qimmatli taklifini berganligi uchun o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Taqrizchi tomonidan ko’rsatilgan har bir kamchilik va takliflarini dissertatsiya ishini ilmiy seminarda dastlabki muxokamasigacha bartaraf qilaman. YAna bir bor q.x.f.d., dotsent K.O.Xudarganovga katta raxmat aytaman. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling