Tasdiqlayman” Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori S. Ya. Islamov
Download 134.5 Kb.
|
протокол С.Турсоатов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi ilk marotaba elita urug’ ko’paytirishda muallif ishtirokida oilalarni dala ko’rigidan o’tkazish va brakka (chiqitga) chiqarish sifati baholangan hamda elita urug’larni yetishtirishda muallif ishtirokining samaradorligi yuqori bo’lishi ilmiy asoslab berilgan; g’o’za navlarini elita urug’larini yetishtirishda dala ko’rigidan tashqari elita xo’jaliklari laboratoriyalarida tolaning texnologik ko’rsatgichlarini aniqlashda HVI tizimidan foydalanish samarasi o’rganilgan va joriy qilishga taklif berilgan; urug’lik ko’chatzorlarida ko’chat qalinligini o’zgartirish va urug’lik paxta jamg’arishda ko’saklar ochilish me’yorini hisobga olgan xolda terimni tashkil etishni belgilash ahamiyati o’rganilgan; elita urug’lar yetishtirishda navning morfologik belgilariga bo’lgan talabni o’zgartirish orqali qo’shimcha urug’lik jamg’arish imkoniyatlari ilmiy asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati elita urug’chilik xo’jaliklaridagi urug’ ko’paytirish ko’chatzorlaridan qo’shimcha urug’ jamg’arish imkoniyatlari va elita urug’larini yetishtirishda muallif ishtirokining samaradorligi ilmiy asoslanganligi, g’o’za navlarining elita urug’chilik xo’jaliklari laboratoriyasida tola sifatini aniqlashning zamonaviy uslubidan foydalanishning samaradorligi, ko’chat sonini o’zgartirib urug’lik paxta jamg’arishda terimni tashkil etish uchun ko’saklar ochilish me’yorini belgilanganligi va urug’lik sifatlariga ta’siri aniqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati xo’jaliklarda HVI tizimidan foydalanishning ahamiyati bo’yicha o’rganish natijalariga ko’ra g’o’za navlarining elita urug’chiligi xo’jaliklarida foydalanish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi VM-733-son Qarorida belgilanganligi, elita urug’lik ko’chatzorlarda tanlash ishlarini nav muallifi bilan birga olib borish, o’simliklarni tanlashda morfologik belgilarni guruhlash uslubidan foydalanish asosida tanlash samaradorligi, shuningdek, g’o’za navlarining elita maydonlarida 66 ming dona ko’chat joylashtirib hamda 50 % va 60 % ko’sak ochilganda urug’lik paxta jamg’arish bo’yicha elita urug’chilik xo’jaliklariga tavsiya berilganligi bilan ifodalanadi. Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling