Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


Download 56.32 Kb.
bet6/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)

INTOQ
Odamdan boshqa jonli va jonsiz narsalarni so`zlatish usulidir.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: men uni tushda ko`ramen
RUJU’
Ruju’ (arabcha- qaytish) tasvir davomida shoirning biror sifatni aytib, undan go`yo qaytgandek bo`lishi va keyingi misrada unga qaraganda kuchliroq ifoda qo`llashidir.
Har yon bo`ri, shubon itidek
Yo`q-yo`q, shubon emas, posbon itidek.
TAZMIN
Shoirning boshqa birovdan bir misra yoki bir bayt olib, o`sha vazn, o`sha qofiya va radifi tuzilishida mazmunga mushtarak she`r yozishi.
Masalan, Xoh inon, xoh inonma radifli Lutfiyning g`azalini Mashrab tazmin qilib olgan.
SIFATLASH
Sifatlash(epitet) predmet, voqea-hodisa,tushuncha va kishilarning belgi, xislatlarini aniqlash, izohlash usulidir.
Kumush qishdan, zumrad bahordan
Qolishmaydi kuzning ziynati.
Zulqofiyatayn
Baytda ikkitadan to`rtta so`z qofiyadosh bo`lishidir.
Ko`ksiga urib firoqdin tosh,
Yerga urib ishtiyoqdin bosh
Ichki qofiya
Ichki qofiya baytni to`rt bo`lakka, misrani ikki qismga bo`ladi va undan so`ng baytda asosiy qofiya keladi. Ana shu to`rt bo`lakning oldingi uch bo`lagi oxiridagi ohangdosh so`zlar ichki qofiya bo`ladi:
Nastarin yuvib yuzni,yosuman tuzib o`zni,
Nargis ochibon ko`zni, intizori yoronlar.
Ishtiqoq
Bayt yoki gapda bir o`zakdan yasalgan so`zlarning qo’llanishidir.
Chu jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Tarse’
Baytda so`zlarning tagma-tag ohangdosh bo`lishidir.
Qamar yuzingdin bo`lur munavvar,
Shakr so`zungdin kelur mukarrar.
Mulamma’
Mulamma’ ( talme) turli tillarda she`r yozishdir.
Qochib keldi machchoyilar aksari,
Borib shulki yurtiga ta`kidlari:
-“Saroyeki, o’ boshadash, zinhor,
Daronjo marav memuri, ey tabor”.
Tamsil
Tamsil( misol keltirish) fikrni isbotlash uchun bironta misol keltirish san`atidir.
Navoiyning “Orazin yopqoch ko`zimdin…” bayti


Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling