Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


Download 56.32 Kb.
bet3/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)

IRSOLI MASAL



Irsoli masal – «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fikr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish san’atidir.
Nasriy asardagi jumlada yoki she’rda xalq og’zaki ijodida mashhur bo’lib ketgan biror maqol, matal yoxud hikmatli so’z keltirib, nutq ta’sirchanligini oshirish usuliga “ irsoli masal san’ati” deyiladi.
Bu yerdagi irsol – “keltirish”, masal – “ misol”, “ tamsil”, “ maqol”, “ matal” ma’nolarini anglatadi. Eski o’zbek tilida tamsil, maqol va matallar “ masal” yoki “ zarb ul – masal” deyilgan.
Hozirgi tilshunosligimizda maqol, matal va hikmatli so’zlar “ barqaror birikmalar deb yuritiladi.
Irsoli masal san’ati o’zbek yozma adabiyotining eng qadimgi namunalarida ham uchraydi. XI asr shoiri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, XII asrda yashab, ilod qilgan Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul – haqoyiq” asarlarida bu ifoda va tasvir vositasining yuksak namunalariga duch kelamiz. XVIII asrda yashab, ijod qilgan Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari esa usluban boshdan oxir irsoli masal san’ati asosida bitilgan. Ya’ni uning har bir sahifasida ko’p – ko’p maqol, matal va hikmatli so’zlar ishlatiladi.
Irsoli masalda muallif o’z fikr- mulohazasini tayyor maqol, metal, hikmatli so’z orqali quvvatlab oladi, shu tariqa o’quvchini ishontirishni kuchaytiradi, matnning ifoda ta’sirchanligini oshiradi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari asarlarida irsoli masal san’atining eng yorqin namunalarini Mavlono Lutfiy ijodida ko’rishimiz mumkin. “Ayoqingga tushar har lahza gisu” g’azali xuddi shunday asarlar sirasiga kiradi. Undagi mavjud besh baytning bari aynan ana shu san’at ishtirokida yaratilgan. Bu qo’shmisralarning hammasida maqol 2- satrda kelgan. Amalda ularning har biri dastlabki misrada ifodalangan fikrning tasdig’i yanglig’ qog’ozga tushgan. Shu tariqa shoir o’z nuqtayi na’zarini ikki karra mustahkamlagandek bo’ladi.
Masalan,
Har kishikim birovga qozg‘oy choh
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, –
baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘хshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tushgan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan.

Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling