Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


Download 56.32 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)





SHE’RIY SAN’ATLARDAN NAMUNALAR
TASHBEH (O‘XSHATISH)
Tashbih– adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’atlardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir. Masalan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsure ishtirok etishi mumkin:
O‘хshamish – tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).
O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul).
Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi(go‘zallikda).
Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha,-simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar,kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, o‘хshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha asos ishtirok etmaydi.

Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.

Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga«yuzi oy» ishlatiladi:

Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Хilqat alarg‘a u sanga – tiyra хok, –

baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хshamish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi.
Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmishning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘zlarining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi.

Bo‘rini dag‘i galadin dur qil,
Suv beribon bog‘ni ma’mur qil,
baytida to‘rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri – bo‘ridek talovchilar, gala – gala singari хalq, suv – suvdek (zarur) adolat,bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir. Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o‘xshatish deb yuritiladi. U shunday san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin,chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.
Adiblar tashbehdan o‘z g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi.
Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular o‘xshatilgan narsa (mushabbah) o‘xshagan narsa (mushabbahbihi), o‘xshatish sababi (vajhi shaboh) hamda o‘xshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat.
O‘xshatishlarning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday fikrning aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasavvur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘xshatishlarning yana bir xususiyatini ta’kidlash zarur. Bu ma’lum bir o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘llanishidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘z va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qo‘llanadi. Bo‘ri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, o‘limga ham nisbatan qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Lekin ularning hammasida ham bo‘ri o‘xshatishi aynan bir xil ma’noda kelmaydi.
Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi yaratilgan:
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur.

Ko‘rinib turganidek, go‘zal yor (sanam) pariga o‘xshatilmoqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirg‘og‘ida, ariq bo‘yida) bo‘ladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda.



Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling