Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


Download 56.32 Kb.
bet9/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)

Radd ul-matla’
G`azaldagi matla’ birinchi misrasining maqta’dagi ikkinchi misrada takrorlanishidir. Bunda g`azalning boshi va oxiri bir xil bo`ladi.
Masalan, Boburning “ Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana…” g`azali
NIDO
Nido boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi. Insonning ichki tuyg‘ulari po‘rtana misoli junbushga kelganida lirik qahramon olamdagi har qanday narsa-hodisalarga, tabiatdagi istalgan narsaga, o‘zining qalbiga, suhbatdoshiga murojaat etishi mumkin. Masalan, «Rustamxon» dostonida Sultonxon Rustamga «qo‘zim» deb murojaat etadi:
Necha kun, necha tun orada o‘tdi,
Rustamga Sultonxon u so‘zni aytdi:
– Quloq solgin xon otangning tiliga,
Qo‘zim, ketayik-da Oqtosh eliga,
Boshqa bir g‘azalida esa lirik qahramon yorga: «Ey Yusufi husn», – deya murojaat etadi.
Atoyining «Hajringda, begim, oh degumdur dag‘i o‘lgum» deb boshlanadigan g‘azali oshiqona bo‘lib, unda suyuklisiga muhabbatni olamdagi hamma narsadan ortiq ko‘radigan oshiq holati ifoda etilgan. Shoir o‘z dil izhorlarini, hurmat va ehtiromini «begim» so‘zida mujassamlashtira olgan.
Sensiz u jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st.
(Atoyi)
Alisher Navoiy lirik qahramonining ichiga sig‘may ketgan ruhiy holatini aks ettirish uchun tabiatga, aniqrog‘i tabiat hodisalaridan bo‘lgan saboga murojaat etadi:
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg‘a ayt,
Yig‘larimning shiddatin gulbargi xandonimg’a ayt.
Mubolag`a
Narsa va hodisalarni ulkanlashtirish va kuchaytirib tasvirlash san`atidir
Xalq dostonlarida va mumtoz adabiyotda juda ko`p uchraydi.
Masalan, “Ravshan” dostonidagai Zulxumor va boshqa qahramonlar tasviri
TAFRIT
Voqelikdagi narsa va hodisalarni o`ta kichraytirish va kuchsizlantirish san`ati.
Turfa qishlog`i g`azabkardaki, parrandalari
Tovug`i ignachi-yu, o`rdag-u g`ozi – kapalak.



Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling