Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih
Download 56.32 Kb.
|
she`riy san`atlar (1)
TARDI AKS
Tardi aks ham so‘z takroriga bag‘ishlangan lafziy san’atlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham so‘zlar takroriga tayangan boshqa san’atlarga – tasdir, tasbe, ishtiqoqqa yaqin turadi. Bu yaqinlik tardi aksda ham so‘zlarning takrorlanishidir. Biroq shunga qaramay bu san’at ulardan tubdan farq qiladi. «Tard»ning ma’nosi «qaytarib berish», «qochirish»,«uzoqlashtirish» demakdir. Aks esa «zid», «teskari», «chappa» ma’nolarini bildiradi. Yuqorida tasdir va tasbelarning xususiyatlari bilan tanishdik, shuning uchun ham bu yerda ularning tardi aksdan farqini izohlashga o‘rin yo‘q. Faqat bir narsani ta’kidlash muhimki, so‘zlar takroriga asoslangan san’atlarning hammasida ham takrorlangan so‘zlar oldingi tartibni saqlab qoladi. Faqat tardi aks va aks san’atlaridagina so‘zlarning birinchi joylashish tartibi keyingi misrada almashib keladi. Tardi aksda takrorlangan so‘zlarning o‘rni qat’iy emas, unda takrorlanayotgan so‘zlarning miqdori ikki yoki undan ortiq bo‘lib, ular o‘rinlarini almashtirgan holda qo‘llangan bo‘lishlari shartdir: Menga dushvor erur sensiz tirilmoq, Senga men bo‘lmasam, ey jon, ne g‘amdur. (Atoyi) Alisher Navoiyning: Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur Kim, jong‘a qaro balo bo‘lubtur. Misralari bilan boshlanadigan g‘azali boshdan oyoq mana shu san’atning qo‘llangani bilan ajralib turadi. «Balo» va «qaro» so‘zlari dastlabki oddiy tartibida ko‘zning qoraligini ta’kidlash uchun bo‘ysundirilgan. U «shunchalik», «nihoyatda» kabi so‘zlarning o‘rnida kelgan deyish mumkin. Ammo ularning o‘rni almashganidan keyin, ikkinchi misrada mutlaqo boshqa ma’no va mazmun yuzaga keladi. «Qaro balo» baloning rangini emas, balki uning darajasini, dahshatini ifodalaydi. Quyidagi baytda tardi aks «davo»hamda «dard» so‘zlari vositasida yaratilgan: Majmu’i davoni dard qildi, Dardingki, manga davo bo‘lubtur. Ishq ichra oning fidosi yuz jon, Har jonki, sango fido bo‘lubtur. Baytda «fidosi», «jon» so‘zlari o‘rin almashtirib qo‘llangan. Shu tariqa shoir ma’noning yangi-yangi qirralarini kashf etishga muyassar bo‘lgan. Birinchi misradagi «jon» «yuz» so‘zi bilan qo‘shilgan holatda ham «yuz kishi», ham «yuzta jon» ma’nolarini anglatadi. Keyingi misrada esa «jon», asosan, «shaxs», «kishi» ma’nosini anglatib kelgan. Begona bo‘lubtur oshnodin, Begonag‘a oshno bo‘lubtur. Bu baytda «bo‘lubtur» va «oshno» so‘zlari istifoda etilgan. Natijada ma’noda kutilmagan yangi bir qirra ko‘zga tashlangan. Bu shoir uchun o‘zbek tilining o‘ziga xos ifoda imkoniyatini ko‘rsatishiga ham keng maydon ochib bergan. Download 56.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling