Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


Download 1.22 Mb.
bet27/28
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1516333
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Kitob 4595 uzsmart.uz

Sug`urta bonusi. Taransport sug`urtasida qullaniladigan atama bo’lib, bu orqali uzoq yillar davomida falokatsiz ishlagan sug`urtalanuvchilarga sug`urta badali xisobidan beriladigan engilliklar. Bu engilliklar 2-3 oyga sug`urta badalidan ozod qilish yoki sug`urta badaliga nisbatan foiz xisobidan engilliklar berish tarzida amalga oshiriladi.
Kargo sug`urtasi. Transport vositalaridagi barcha tashiladigan yuklarni transport vositalarsiz sug`urta qilinishi. Bunda sug`urta tashkiloti faqat sug`urtalangan yuklar uchun javobgar xisoblanadi.
Kasko sug`urtasi. Kasko sug`urtasida faqat transport vositalari sug`urta qilinadi. Agar transport vositasi egasiga qarashli bulsa, u xolda har ikki sug`urta vositasi kargo va kasko turlaridan foydalanish mumkin.
Pul deb ataluvchi sug`urta tashkiloti. Uz miqyosi jixatdan ulkan, ob’ekt jixatdan xavfli sug`urta xodisalari birgalikda ximoya qilish uchun tuzilgan tashkilot. Tashkilot sug`urta kompaniyalariga yagona polis berib, bu xujjatda har bir a’zoning sug`urtalashdagi xissasi kursatiladi.
Shomaj. Ishlab chiqarish turli xodisalar oqibatida tuxtab qolishi natijasida olinishi kutilgan foyda miqdori kamayib ketishi mumkin. Shamoj kuriladigan zararlarni kuzda tutib sug`urtalash usuli.
Sug`urta franshizasi. Turli sabablar bilan etkazilishi mumkin bulgan zararlarni umumiy miqdorini sug`urta tashkiloti xisobidan qoplanmaydigan qismi, franshiza qullanilganda zarar miqdori ikkiga bulinadi: birinchisi sug`urta tashkiloti tomonidan qoplanadigan qismi, ikkinchisi qoplanmaydigan qismi. Bu nisbat sug`urta dasturiy amalida kursatiladi. Masalan, franshiza miqdori 100 dollar miqdorida qullanilsa, keltirilgan zarar 90 dollar bulsa, zarar qoplanmaydi. Agar 100 dollardan oshsa, ya’ni 200 dollarni tashkil qilsa, u xolda 100 dollar qoplanib, qolgan qismini franshiza tashkil qiladi.
Xozirda mamlakatimizda mol-mulk ixtiyoriy sug`urtasi bo’yicha franshiza qullanilishi kursatilgan.
Sug`urta brokeri. Sug`urta tashkiloti va sug`urtalanuvchining sug`urtalash va sug`urta shartnomasini bajarishda uzaro munosabatlarni urnatuvchi shaxs. Broker sug`urta tashkilotining vakili sifatida sug`urtalanuvchilar bilan bevosita ish olib boradi, sug`urta shartnomasi tuzishda, sug`urta xodisasi natijasida moddiy zarar etganda qoplama miqdorini aniqlashda, xatto sug`urta qoplamasini sug`urtalanuvchiga topshirishda unga yordam beradi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling