Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odiljon Umidjon o’g’li Farhodjonov
Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 340 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference XORAZMLIK BERUNIY VA TIBBIYOT Odiljon Umidjon o’g’li Farhodjonov Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son davolash ishi fakulteti 1-bosqich talabasi odiljonfarhodjonov2004@gmail.com Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shaharlardan biri bo‘lgan Kat shahrida 973-yil 4-sentabrda tug‘ilgan. Uning nasl- nasabida ―berun‖ soʻzi ―tashqi shahar‖, ―Beruniy‖ esa ―tashqi shaharda yashovchi kishi‖ maʼnosini bildiradi. Uning bolalik va yoshlik davri Katda o‘tdi. Kat shahri O‘rta Osiyoning feodalizm davridagi taraqqiy etgan markaziy shaharlaridan biri bo‘lgan. X asr oxirlarida Xorazm ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, janubiy Xorazm - markazi Kat, shimoliy Xorazm - markazi Urganch shahri edi. Bu davrda Xorazmning Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari taraqqiy etgan, umuman Xorazm davlatining gullagan davri edi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagʻishlaydi. Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini oʻrganadi. Oʻz ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990-yillardan boshlab Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar oʻtkazgan. Bu kuzatishlar uchun oʻzi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur boʻldi va bir qancha vaqt Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. Xorazmning katta shaharlari Kat va Urganchda ko‘plab mashhur olimlar fanning turli sohalarida chuqur va keng ilmiy ishlar olib borar edilar. Bu olimlar fan sohasida ensiklopedist bo‘lganlar. Xorazmning ikkala qismi hukmdorlari orasidagi taxt uchun kurash Ma‘mun g‘alabasi bilan tugadi. 995-yilda Urganch amiri Ma‘mun Xorazmning ikkala qismini yagona bir davlatga birlashtirdi. Kat hukmdori Abdullohning yengilishi Kat shahrida ilmiy ish bilan shug‘ullangan olimlar hayotiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Download 377.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling