Tashkent Medical Academy Volume 3


Download 377.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana19.06.2023
Hajmi377.53 Kb.
#1624037
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
341
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
995-yil hodisasidan so‘ng Beruniy o‘z vatani Xorazmni tashlab ketishga 
majbur bo‘ladi. Bu davrda u yirik olim bo‘lib tanilgan edi. Ro‘y bergan hodisa 
uning ilmiy ishlariga putur yetkazgan edi. O‘z ilmiy ishlariga qulay sharoit va 
osoyishtalik izlagan Beruniy Kaspiy dengizining janubi-sharqiy qirg‘og‘ida 
joylashgan Jurjon shahriga boradi. Yo‘lda, Eronning hozirgi Tehron shahri 
yaqinida joylashgan Ray shahrida to‘xtaydi va bu yerda O‘rta Osiyolik mashhur 
astronom matematik Xo‘jandiy bilan uchrashadi. Beruniy Ray shahridagi 
rasadxonada Xo‘jandiy bilan birgalikda kuzatish va o‘lchash ishlarini olib boradi. 
Beruniy bu rasadxonada Xo‘jandiy tomonidan yasalgan ―Faxriy sekstanti‖ nomli 
katta astronomik asbob bilan qiziqadi va ―Faxriy sekstanti bayoni haqida‖ nomli 
asar yozadi (995—997-yillar). 
O‗rta asrlarda O‗rta Osiyo davlatlarida fan va madaniyat yuksak darajaga 
ko‗tarildi. Yirik shaharlarda ilm-fan markazlari, dorilfununlar, madrasalar tashkil 
etildi. Ularda o‗nlab mashhur olimlar fanning o‗sha davrda ma‘lum bo‗lgan 
hamma sohalari ustida ijod qildilar, mashhur asarlar yaratdilar. Madrasalarda 
ko‗plab talabalar ta‘lim olar, ularga o‗sha zamonning ko‗zga ko‗ringan yirik 
olimlari dars berardilar. 
O‗sha davrda O‗rta Osiyodagi davlatlar fan va madaniyatning rivojlanishi 
jihatidan jahonda eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga chiqib oldi. Bunday 
umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ilmi ham juda rivojlandi. Shaharlar va aholi 
yashaydigan yirik kentlarda kasalxonalar, davo ma,skanlari, dorixonalar barpo 
etildi. Ularda tajribali hakimlar (o‗qimishli tabiblar) va dorishunoslar xizmat 
qilardilar. Ba‘zi yirik kasalxonalar qoshida maxsus oliy tibbiy bilim maskanlari 
ochilgan bo‗lib, ularda ko‗plab talabalar o‗qitilardi. Bu yerda talabalar ustozlari 
rahbarligida o‗z bilim va tajribalarini orttiradilar. Tib ilmi sohasida chuqur bilim 
va tajribaga ega bo‗lgan hakimlar talabalar uchun turli kasalliklarga tashxis 
qo‗yish va ularni davolashga oid darsliklar, qo‗llanmalar yaratdilar. Ular ko‗pgina
ilmiy asarlar ustida ham ijod qildilar. O‗sha davrda yaratilgan ―Tib qonunlari‖ 
kitobi bunga yaqqol misoldir. 
O‗rta Osiyo olimlarining yaratgan tibbiy asarlari jahon tibbiyot ilmi 
xazinasiga yirik durdonalar bo‗lib qo‗shildi. O‗rta asrlarda O‗rta Osiyo 
davlatlarida ilm-fan va madaniyatning yuksalishi birinchi galda shu davlatlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotda ro‗y bergan ijobiy 
omillar 
bo‗lsa, 
ikkinchidan 
o‗sha 
vaqtdagi 
davlat 



Download 377.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling