Tashkent Medical Academy Volume 3
Download 377.53 Kb. Pdf ko'rish
|
xorazmlik-beruniy-va-tibbiyot
Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022 The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o‘rni 342 December 16 https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference boshliqlarining fan va madaniyat ahllarini qo‗llab-quvvatlashlari natijasi edi. O‗sha vaqtda hakimlik qilgan davlat arboblari o‗zlari o‗qimishli kishilar bo‗lganlar. Shuning uchun ular ilmning qadriga yetar va ilm ahllarini qo‗llab quvvatlashganlar. Ularga o‗z saroylaridan joy berib, ilmiy ishlari uchun zarur sharoit yaratib berardilar. Tarixda o‗sha zamondagi Xorazm, Buxoro hamda Samarqand hokimlarining shunday ilm-fan homiylari bo‗lganliklari ma‘lum. Shuning uchun bu hokimliklar hududida ilm-fan va tibbiyot ravnaq topgan edi. X–XII asrlarida Xorazmshohlar, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida tibbiyot yuksak darajada rivojlangan. IX–X asrga kelib jahonga mashhur bo‗lgan qadimgi Xorazmshoh mavqei qaytadan ko‗tarila boshladi. Arablar istilosi davrida parchalanib ketgan Xorazm davlati shoh Ma‘mun ibn Muhammad shimoliy va janubiy Xorazm shohliklarini birlashtirib Xorazm davlatini barpo etgandan so‘ng, Xorazm siyosiy va iqtisodiy jihatdan bir butun davlat bo‗lib taraqqiy eta boshladi. Buning natijasida Xorazm yana sharqning eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylandi. Uning poytaxti Gurganj (Urganch) o‗z madaniy hayoti va turli fanlarning rivoji jihatidan butun Sharqqa mashhur bo‗ldi. Shaharda turli hunarmandchilik, ishlab chiqarish, savdo-sotiq ishlari rivoj topdi. Xorazm zargarlari yasagan bezak buyumlari o‗zining nozikligi va nafisligi bilan kishini hayratda qoldirardi. Ular dunyo bozorida juda yuksak baholanardi. Xorazm ustalari metall buyumlar yasashda ham juda mohir edilar. Ular yasagan qurol-aslahalar Damashq qilichlari kabi mashhur edi. Shunday qilib IX–X asrga kelib, Xorazm yana dunyoga tanildi. Xorazm davlatining poytaxti Urganch o‗sha davrda katta karvon yo‗llari tutashgan yerda joylashgan bo‗lib, mamlakatlararo savdo-sotiq ishlarida muhim o‗ynardi. Shaharga uzoq o‗lkalardan ko‗plab savdogarlar, sayyohlar kelib turardilar. Shuning uchun Urganchda bir qancha karvonsaroylar barpo etilgandi. Shaharda juda ko‗p masjid-madrasalar, bozorlar, hammomlar, hashamatli saroylar qurilgan edi. Bu yerda ko‗p olimlar, faylasuflar, me‘morlar, sa‘nat namoyandalari, shoirlar va tabiblar yashardilar. Xorazm shohlari ularga homiylik qilardilar, ular olimlarga o‗z saroylaridan joy berib, ularning yashashlari va ijodiy faoliyatlari uchun zarur sharoit yaratib bergan edilar. Xorazm Ma‘mun ibn Muhammadning o‗g‗li Ma‘mun ibn Ma‘mun shohlik qilgan davrda (IX asr boshi), ayniqsa, ravnaq topdi. Bu shohning o‗zi ancha bilimdon va o‗qimishli kishi edi. Shuning uchun u ilm- fanning qadriga yetar va fan ahllarini har tomonlama qo‗llab- quvvatlardi. Uning saroyida o‗nlab olimlar, faylasuflar, san‘at |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling