«Tashkiliy hulq» fanidan oraliq nazorat ishi


Download 138.5 Kb.
bet4/6
Sana26.12.2021
Hajmi138.5 Kb.
#182906
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tashkiliy hulq oraliq sohibjon

inobatga olmaydigan) ikir-chikirlar(detallar) qiziqtiradi.

Muzokaralarni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun birinchi uchrashuvdan avval sherik firma, uning rahbarlari, muzokara olib boruvchilar to’g’risida imkon boricha ma’lumot to’plash talab qilinadi. Agar firma vakillari bilan suhbatda uning kompaniyasi ishlaridan xabardor ekaningizni bildirsangiz, suhbatdosh bundan mamnun bo’lishi shubhasiz.

Uchrashuvga tayyorgarlik ko’rganda taktikani belgilab, muzokaralarda qo’llanish mumkin bo’lgan muayyan taktik usullarni o’zlashtirib olish zarur. Muzokaralardagi vazifa suhbatdoshni o’z taklifingizga ko’ndirishdan, unda o’z istagingizni bajarishga xohish hosil qilishdan iborat. SHu bilan birga muzokaralar xushmuomalalik, axloq-odob doirasida o’tishi, nojo’ya gap-so’zlarga yo’l qo’yilmasligi lozim. Bir tomonlama manfaat ko’rib qolishga intilish soqit qilinishi zarur.

SHerikni taklifingiz bilan qiziqtirish lozim va suhbatni shunday olib borish kerakki, suhbatdoshingiz siz eshitmoqchi bo’lgan gapni o’zi aytsin. Buning uchun muammoga uning nuqtai nazaridan qarashga harakat qilish kerak.

Muzokaralarning muhim tamoyili – sherikka iltifot ko’rsatish. Uning so’zlarini diqqat bilan eshitsangiz, har qanday suhbatdosh ham xursand bo’lib, o’z muammolari haqida bemalol so’zlaydi.

Gapni ixtilofli masalalardan boshlamaganingiz ma’qul. Muzokara boshidanoq sherik ”xo’p” deydigan bo’lsin, uning “yo’q” deyishiga imkon qadar yo’l qo’ymang. Avvaldanoq ijobiy javob berilishi ma’lum bo’lgan savollar berishga harakat qiling.

Ayni vaqtda sherikning taklifiga rad javobi berishga shoshilmang. Suhbat chog’ida qiyinchilik kelib chiqsa, butun diqqat-e’tiborni o’jarlikka emas, qiziqarli jihatlarga qarating. Ehtimol, manfaatlaringiz o’xshash bo’lib chiqar. Basharti muzokara muhiti qizishib ketsa, uni yumshatishga intiling.

Har qanday muzokaralarda ikkinchi tomon turli kishilardan iborat ekanini unutmang. Hatto bir kishi bilan bahslashganingizda uning shaxsi ko’pqirrali ekanini unutmang, shundagina u bilan bir bitimga kelishga olasiz.

Bunda verbal vositalar muhim rolь o’ynaydi. Tajribali kishi o’z suhbatdoshiga sinchiklab razm solsa, ko’p narsani tushunib olishi mumkin. Muzokara qatnashchilari xatti-harakatlar va imo-ishoralar qilib turadi. Ammo ko’pincha u yoki bu imo-ishora turli xalqlarda har xil ma’no bildirishi mumkin. Suhbatdoshingiz gavdasini qanday tutishiga ham ahamiyat bering. O’z harakatlaringiz va yuz ifodangizni nazorat qilishni o’rganing.

Munozara naqadar sust bo’lmasin, suhbatdoshingiz naqadar sinchkov bo’lmasin, doimo sabr-toqatli bo’ling, tovushingizni baland ko’tarmang, tanbeh bermang, xonada jahl bilan yura boshlamang, boshqalar bitimning yaxshiroq shartlarini taklif qilayotganini aytmang. Salqli(obro’li, nufuzli) ishbilarmon doiralarda buni do’q qilish va andishasizlik deb hisoblaydilar.

Telefon vositasidagi kommunikatsiyalar tashkiliy kommunikatsiyalarning juda muhim vositasidir. Ularning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, suhbatdoshlar bir-birlarini ko’rmaydilar, ko’pincha telefon orqali gaplashuv tomonlarning biri uchun kutilmagan bo’ladi: u kim bilandir bevosita so’zlashib turgan, biron-bir muhim yoki shoshilinch ishni bajarayotgan bo’lishi mumkin. Biz kimgadir qo’ng’iroq (


Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling