«Tashkiliy hulq» fanidan oraliq nazorat ishi
Download 138.5 Kb.
|
Tashkiliy hulq oraliq sohibjon
Muzokalar – ish yuzasidan muloqotning muhim turidir. Muzokaralar bir toifadagi predmetga turlicha nazar bilan qaraydigan, maqsad va muddaolari har xil bo’lgan ikki yoki bir necha tomonning birgalikda bir yechimni topish yo’llarini izlash jarayonidir. Muzokalar umumiy va mojaroli manfaatlarni izlash va kelishib olish jarayonidir. O’zaro bog’liqlik, noto’liq(to’liq bo’lmagan) ziddiyat yoki noto’liq hamkorlik bo’lgan taqdirda muzokaralarga ehtiyoj tug’iladi.
Muzokaralarning o’lchamlari: muzokara masalasi, tortishuv sababi yoki manfaatlar sohasi, vaqt doiralari va sur’at. Ana shu o’lchamlarni to’g’ri baholash va nazorat qilish muzokaralarning eng yaxshi natijaga erishuvini kafolatlaydi. Yaxshi tayyorgarlik ko’rish muzokaralarning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan zarur shartdir. Bu ishni qanday bitimga erishish lozimligi va buning uchun qanday yo’lni tanlash maqbulligini aniqlab, axborot to’plashdan boshlash lozim. Muzokaralar samaradorligining mezonlari: sifat(muzokaralarning natijalari hamma tomonlarni to’la-to’kis qanoatlantiradigan bitimning sifati bilan belgilanadi); jarayonning samaraliligi (muzokaralarga mutlaq zarur bo’lganidan ortiqcha vaqt sarflanmasa, u samarali hisoblanadi); maqbullik(muzokaralar tugagandan keyin barcha ishtirokchilarning yaxshi munosabatlari saqlanib qolsa, uni maqbul muzokara deyish mumkin). Muzokaralarning muvaffaqiyatliligi shartlari: muzokaradosh bilan muhokama qilinadigan masala o’rtasidagi tafovutni aniq belgilab olish; muammoga muzokaradoshning ko’zi bilan uning ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda qarash; inson yoki tashkilotning manfaatlarini himoya qilayotgan kishining nuqtai nazarini emas, balki o’zining yoki tashkilotning biron-bir ehtiyojini qondirish imkoniyati borligiga ishora qilish; muqobil yechimlarni birgalikda ishlab chiqish. Muzokaralar o’tkazishning amaliy ruhdagi(konstruktiv) usullari: muzokaradosh fikriga (vaqtincha bo’lsa ham) rozi bo’lishga tayyorlikni; mojaroli vaziyatni ijobiy hal etishga ko’maklashuvi ehtimol bo’lgan va rahbarlarning printsipial ko’rsatmalariga zid bo’lmagan taqdirda o’z fikrini o’zgartirishga tayyorlikni; suhbatdoshning shaxsini tanqid qilishdan va uning izzat-nafsiga, shaxsiyatiga tegishdan saqlanishni nazarda tutadi. Har qanday muzokaralar o’ziga xos bo’ladi: har safar yangi masalalar muhokama qilinadi, yangi shart-sharoitlar va yangi ishtirokchilar qatnashadi. Ammo mushtaraklik ham bo’ladi: muzokara jarayoni, uning tashkil etilishi, ishbilarmonlar doirasida odat tusiga kirgan mulozamatlarga rioya qilish, qatnashchilarning o’zaro muomalasi deyarli doim bir xil bo’ladi. Muzokaralarning eng muhim bosqichi – unga ko’riladigan tadorik ( Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling