telefon) qilganimizda ana shunday ehtimolni nazarda tutishimiz lozim. Bundan tashqari, suhbatdosh hamkasblari, tashrif buyurganlar va sh.k.b.lar orasida bo’lishi ehtimolini, bemalol gaplasha olmasligini e’tiborga olish kerak. Telefonda so’zlashishdan bevosita suhbat afzal ko’riladi.
Ko’pchilik holatlarda telefon aloqasi biror narsa haqida (ehtimol, qachon uchrashish to’g’risida) kelishib olish vositasi ekanini esda tuting.”Bu telefonda gaplashadigan masala emas”, deyilishi bejiz emas. Telefonda so’zlashish mavzusini aniqlaganingizda va unga sarflanadigan vaqtni oldindan mo’ljal(reja)laganingizda buni unutmang.
SHu bilan birga telefon kommunikatsiyasi murakkab texnika vositalari yordamida amalga oshiriladi: bu vositalar hamisha ham nuqsonsiz ishlayvermaydi, raqam terganda yanglishish, yomon eshitilish, aloqaning behosdan uzilib qolishi - bularning hammasi suhbatdoshlardan qo’shimcha xushmuomalalik va ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Bundan tashqari, telefon aloqasi, odatda, muayyan ma’lumotni yetkazish bilan bog’liqdir. Suhbatdoshning unga yo’naltirilgan ma’lumotni samarali qabul qilishi va ishlatishi “yaxshi ovoz (
Do'stlaringiz bilan baham: |