Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha
Download 42.96 Kb.
|
18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksport kvota
Eksport (ing. export, lot. exportare - chetga chiqarish) deganda tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Ya’ni:
tovar eksporti - moddiy ne’matlarni chetga chiqarish; xizmatlar eksporti – bu xorijdagi sheriklarga ishlab chiqarish yoki iste’molga oid to’lovli xizmat ko’rsatish; kapital eksporti – bu mamlakat tashqarisida kapital qo’yish (korxona va ob’ektlar qurish va ishga tushirish) va boshqalar. Eksport kvota deganda muayyan tovar (xizmat, kapital)ni eksportga belgilangan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va etkazib berish tushuniladi. Bu kvota (KE) eng avvalo eksportning (E) yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbati bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsient (KE) qancha yuqori bo’lsa, shu qadar davlat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga yuqori darajada jalb etilgan bo’ladi. Masalan, AQShning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyaniki 25-30, Yaponiyaniki 18 foizga yaqin, Belgiya, Vengriya, Singapurniki 11-13 foizga teng. O’zbekistoning YaIMda eksportning ulushi keyingi yillarda 10-12 foiz atrofida, sobiq ittifoqda u 10 foizga teng edi. Biroq bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini to’liq aks ettirmaydi. Shu sababli uni ifodalovchi yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi (KRE) bo’lib, eksportning mamlakat sof mahsulotiga nisbati bilan o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun u taxminan 40-50 foiziga teng. Bu esa ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi. Квота - бу умумий ишлаб чиқариш, сотиш, импорт, экспорт ва бошқа ижтимоий фаолият соҳаларида келишув асосида ҳар бир иштирокчи учун жорий қилинадиган ҳисса. У халқаро битимларга биноан амалга оширилади. Import (lot. importo – olib kelish) – deganda ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar, texnologiya, kapital kiritish va xizmatlar keltirish tushuniladi. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq. Download 42.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling