Tashqi iqtisodiy faoliyat
KreygS., JonsonI., "China, worried about direct marketers' growth, bans practice" Wall Street Journal, №22 Aprel soni, 2011
Download 0.62 Mb.
|
BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili
16KreygS., JonsonI., "China, worried about direct marketers' growth, bans practice" Wall Street Journal, №22 Aprel soni, 2011.
35 Ishlab chiqaruvchi davlat imidji. Kompaniyalar ishlab chiqarish jarayonida o’z mahsulotlari uchun milliy yoki xalqaro darajada imidj yaratish haqida ham o’ylashlari zarur. Rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yuqori sifatliligi bilan namunali imidj yaratilgan bo’lsa, aksincha rivojlanayotgan davlatlardagi mahsulotlarning sifati pastroq bo’lgani uchun imidj darajasi xam pastdir. Shuningdek, ba’zi davlatlarda maxsus tovarlar uchun yaratilgan imidj har bir mamlakat bo’yicha farq qiladi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, vaqt o’tishi bilan mahsulot imidji o’zgarib boradi. Jumladan, Janubiy Koreyada mashxur firmalar ko’p yillar davomida o’zlarining brend nomlarini o’zgartirmagan holda faoliyat yuritib kelmoqdalar. Natijada, rivojlanayotgan davlat bo’lishiga qaramay Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari (Samsung, LG kabi) o’zlarining savdo markalariga ega bo’lib, hozirda mahsulot sifati bo’yicha dunyoda etakchi o’rinni egallab turibdi. “Alutex” QK ning iqtisodiy va marketing faoliyati tahlili “Alutex” (Alyumin texnologiyalari) nomi ostida 1999 - yildan boshlab O’zbekiston - Britaniya qo’shma korxonasi ish boshladi. Shu davrdan boshlab korxona alyumin profillari va jihozlarining ulgurji savdosi bilan shug’ullana boshlagan, ya’ni ularni tayyor holda import qilib, sotgan. Keyinchalik, 2003-yilda “alyumin profillarini o’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga tatbiq qildi va hozirgi kunda, loyihani yanada rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda. Alutex QK alyumin profillari va jihozlari uchun ixtisoslashtirilgan O’zbekistondagi birinchi korxona hisoblanadi. ISO 9001, DIN 1055 (Germany), TS 498 (Turkey), GOST 8617-81 (Russia) standartlari, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy normativ hujjatlari bo’lib hisoblanadi. Alutex alyumin profillari sohasida ilg’or rivojlanayotgan korxonalardan biridir. 36 Korxonada alyumin profillarini ishlab chiqarishning to’liq sikli amal qiladi, ya’ni alyumin va boshqa tarkibiy qismlarning aralashmasidan hosil bo’lgan alyumin qotishmalarini quyishdan boshlab, tayyor holga kelguncha bo’lgan jarayonning barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar muntazam ravishda eksport qilinadi, shuningdek, mamlakatning turli nuqtalariga yetkaziladi. Korxonaning asosiy hamkorlari asosan, qurilish sohasidagi korxonalar hisoblanadi, shu bilan birga sanoatning boshqa sohalaridagi korxonalar bilan ham turli xil munosabatlar o’rnatilgan. Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulot olishning garovi hisoblanadi. Korxona, alyumin profillaridan tashqari, avtomobil sanoatida ishlatiladigan maxsus profillar, quyosh batareyasi radiatorlarining elementlarini, radioantenna ustunlari, mebel jihozlarini, zinalar chetiga o’rnatiladigan panjaralar hamda boshqa jihozlarni ishlab chiqaradi. Alyumin profillarini ishlab chiqarishda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniladi va bu omil sifatli mahsulotning garovi hisoblanadi. “O’zbekistondagi 1- raqamli profil” - korxona mahsulotlariga bunday nomning berilishi bejiz emas albatta, chunki Alutex QK MDH davlatlarida marketing tadqiqotlari agentligi tomonidan har yili o’tkaziladigan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillardan beri birinchi o’rinni egallamoqda. Korxonaga Germaniyaning “Grenier Extrusion GmbH” korxonasi tomonidan berilgan DIN 1055 sertifikati esa, korxona mahsulotlarining Yevropa standartlariga to’liq javob berishini bildiradi. Mahsulot tayyor bo’lishi uchun bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. Ular quyidagilar: Eritish Korxonaning eritish sanoati presslash bo’limini alyumin qotishmalari bilan ta’minlab beradi. Bunda A7 A8 markali quyma birlamchi alyumin ishlatiladi. Presslash bo’limini uzluksiz ta’minlash uchun 22 tonnali shaxta tipidagi 2ta eritish, quyish pechi ishlab ishlab turadi. Avtomatlashtirilgan stanok yordamida yarim tayyor mahsulot profillarga bo’linadi va presslash bo’limiga jo’natiladi. Presslangan
profillarning nomenklaturasi 500dan ortiq va bo’limda 7ta presslash liniyasi ishlab turadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling