Anodlash
Profil tayyor bo’lgach anodlash vannalariga botiriladi va 25-85 daqiqa anodlanadi. Anodlash - profil sirtini elektroliz usulida oksid pardasi bilan qoplash hisoblanadi. Bundan profillarni turli xil kislotalar ta’siri natijasida o’z sifatini yo’qotmasligi uchun foydalaniladi.
Bo’yash
Zavodda profillarni kukunli emal bilan bo’yaydigan 3 ta avtomatlashtirilgan bo’yash liniyalari bor. Profillarni bo’yash uchun ko’p yillar xizmat qiladigan, tashqi ko’rinishi o’zgarmaydigan elektrostatistik bo’yash usuli qo’llaniladi. bu ham sifatli mahsulot uchun xizmat qiladi, uning yaroqlik muddatini oshiradi. Emallar RAL katalogi bo’yicha tanlanadi.
Bezash
Alyumin profillarini bezash - bu daraxt yoki toshlarning har xil ko’rinishlarini aks ettirish texnologiyasidir. Bu jarayon vakumli termokamerada amalga oshiriladi. U yerda kukun profil ustiga singib ketadi va profilni ko’rganingizda huddi taxtadan yasalgandek taassurot qoldiradi
Qadoqlash
Tayyor mahsulot maxsus himoya plyonkasi bilan qadoqlanadi. Odatda bitta qadoqda 6ta profil joylashgan bo’ladi, profillarning uzunligi 6 metrdan.
Laboratoriya
Alyumin qotishmasi kimyoviy tarkibining nazorati Foundry Master laboratoriyalari va kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |