Tashqi iqtisodiy faoliyat
Alutex QK mahsulotlar katalogi, 2013
Download 0.62 Mb.
|
BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alutex” QK SWOT tahlili
17Alutex QK mahsulotlar katalogi, 2013
40 narxnafaqat qisqa muddatli daromadni ta’minlaydi, balki uzoq muddat davomida raqobatbardosh bo’lishi uchun kerakli resurslarni etkazib beradi. Quyidagi omillar narx siyosatini xalqaro miqyosda belgilashning murakkabligini ifodalaydi: S Mamlakatlarda hukumat aralashuvining turli darajada ekanligi. S Bozorlarning xalqaro darajada turli-tumanligi. S Eksport qilinadigan mahsulotlarning narxini oshishi. S Valyuta birliklari qiymatining o’zgarib turishi. S Bevosita (o’zgaruvchan) va bilvosita (o’zgarmas) narx siyosatidagi farqlanishlar. S Sotuvchilar bilan ta’minotchilar o’rtasidagi munosabatning mustaxkamligi darajasi. Butunjaxon Savdo Tashkiloti yo’riqnomalariga ko’ra eksport qilayotgan davlat o’zining ichki bozoridagi narxlardan arzon narxda boshqa mamlakatga eksport qilsa, bunday xolatda importyorga import mahsulotlari uchun cheklovlar qo’yish ruxsati berilgan. Agarda importyor davlat mahsulot kirishiga cheklov qo’ymagan taqdirda xam, uni bozorda juda qimmat narxda sotilishini taqazo qilib qo’yadi. Kompaniya milliy bozordagi narxlardan past narxda eksport qilishning bir necha sabablari bor. Bitta sababi xorijiy bozorda mahsulot sotuvini sinab ko’rishdir. Masalan, kompaniya mahsulotining xorijiy bozordagi baxosi transport va bojxona tariflari natijasida ko’tarilib ketishi mumkin. Tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, xorijiy bozorga sarmoya olib kirib, u erda tayyor mahsulot ishlab chiqarib xamda uni iste’molchilarga taklif etsagina mahsulot narxini ma’lum darajada pasayishiga erishiladi. Xorijiy bozorda narx belgilashning murakkabligini eksport mahsulotlari narxini oshish sabablarida xam ko’rish mumkin. Iste’molchiga mahsulot etib kelgunga qadar nechta taqsimot kanallaridan o’tishi, transport xarajatlari va boj to’lovlari kabi omillar ta’sirida narxning oshishi kuzatiladi. Faraz qilaylik, eksportyor uchun narx belgilashda daromad foizi ishlab chiqarish xarajatiga nisbatan 50 foiz qo’shimcha qiymat qo’shiladi. Ya’ni, 1,00$ ishlab chiqarish xarajatiga qo’shimcha 50 stent qo’shilib, eksportyorning taklif etadigan narxi 1.50$ bo’lishi ko’zda tutilgan. Agar
ishlab chiqarish xarajati 1.20$ga oshsa, u xolda daromad foiziga ko’ra yakuniy narx 1.70$ (1.20+0.50) emas, balki 1.80$ (1.20+0.60) bo’lishiga olib keladi. Aytaylik, transport xarajatlari 0.25$ va boj to’lovi 0.15$ miqdorida importyor tomonidan belgilangan. Demak, importyor uchun mahsulotning bozorga kelib tushishi 1.90$ (1.50+0.15+0.25)ni tashkil etadi. Agar importyorning xam daromad foizi 50 foiz qilib belgilangan bo’lsa, u xolda so’ngi istemolchiga taklif etiladigan narx 2.85$ (1.90+0.95)ni tashkil etadi. Ko’rinib turibdiki, eksport qilinayotgan mahsulot narxining oshib ketishi asosan ikki sababga bog’liq: Taqsimot kanallari eksportyordan uzoq masofada joylashganligi va natijada transport xarajatlarining oshib ketishi; Qo’shimcha boj to’lovlari pirovardida iste’molchi uchun ortiqcha yuk bo’lishi. “Alutex” QK ham o’z mahsulotlarini eksport qilishda shu omillarni hisobga olib, mahsulot narxini uning tannarxi bilan deyarli bir xil narxda eksport qiladi. Korxonaga faoliyatiga bir necha ichki va tashqi muhitdagi omillar ta’sir ko’rsatadi. “Alutex” QK SWOT tahlili Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling