Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 0.62 Mb.
bet29/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#245730
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
BMI

Imkoniyatlari

Yuqorida aytib o’tilganidek, ichki bozorimiz hali alyuminga to’yinmagan. Qolaversa, qo’shni mamlakatlarda ham alyumin yangi mahsulot hisoblanadi. Alutexda o’z bozorini kengaytirish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud;

Korxona alyumin profillarini turini o’zgartirish uchun kerak bo’ladigan qoliplarni o’zi yasay oladi. Bu esa yangi turdagi mahsulot assortimentlarini yaratishga imkoniyat ochadi;

So’nggi yillarda mamlakatimizda amal qilayotgan mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, import qilinayotgan mahsulotlarning ma’lum qismini o’zimizda ishlab chiqarish imkoniyati oshmoqda. Bu esa mahsulot tannarxini pasayishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, “TLZ” bo’yoqlari, korxona import qilayotgan “Pulver”dan ko’ra ancha arzon, lekin mahsulotning sifati Alutex talablari darajasida bo’lmaganligi uchun kompaniya bo’yoqni import qilishga majbur;

Eksportyorlarni qo’llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora - tadbirlar korxonaga bir qancha imkoniyatlarni, soliqlardan imtiyozlarni taqdim etgan. Agar korxona eksport hajmini yanada oshirsa ko’proq imtiyozga ega bo’lishi mumkin.

Xavf - xatar

Alyumin yengil mahsulot bo’lganligi uchun tezda ommalashib ketgan. Har qanday mahsulotda bo’lgani singari, uning ham hayotiylik davri mavjud va taxminimizcha u



44





keyingi 10 yillikda hali beri tugamaydi. Lekin ana shu hayotiylik davrining tugashi korxona uchun eng katta xavf bo’lib hisoblanadi;

Alyumin profilim tayyor bo’lishi jahon bozoriga bog’liq. Alyumin homashyosining narxi bevosita London birjasidagi trendga bog’liqdir. U yerdagi ozgina ko’tarilish yoki tushish unchalik ahamiyat kasb etmasligi mumkin, lekin xalqaro miqyosdagi har qanday inqiroz unga ta’sir etmay qolmaydi;



Oxirgi 5 yil davomida shu soha bilan shug’illanuvchi raqobatchilar soni bir muncha oshdi va buning natijasida korxonaning bozordagi ulushi qisqardi. Raqobatchilarning ko’payishi iste’molchilar uchun yaxshi albatta, qaysi mahsulotni tanlash ular ixtiyorida bo’ladi, lekin ishlab chiqaruvchilar uchun bundan ortiq xavf bo’lmaydi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling