Tashqi iqtisodiy faoliyat
Porterning 5 kuch modeli bo’yicha Alutex QKsi tahlili
Download 0.62 Mb.
|
BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alutex savdo belgisi va uning brendini yaratish yo’llari tahlili
Porterning 5 kuch modeli bo’yicha Alutex QKsi tahlili
Rossiya, Xitoy, Turkiya asosiy ta'minotchilar (Ta'minotchilar kuchi) Alubond, Artplast, Ekopen, Aluplast (Yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishi) / \ Hali to'yinmagan ichki bozor, mintaqaviy bozor (Xaridorlar kuchi) Plastik, yog'och va boshqalar (O'rinbosar mahsulotlar) 13-rasm. Muallif tomonidan tuzilgan Hozirgi kunda shu tarmoqda bir nechta korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ulardan asosiylari esa “Akfa”, “Alutex”, “Alsys” korxonalari hisoblanadi. Ularning raqobatlashuviga 4ta asosiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 45
Yangi ishlab chiqaruvchilarninig tarmoqqa kirib kelishi. “Alubond”, “Artplast”, “Ekopen”, “Aluplast” shular jumlasidandir. Ishlab chiqaruvchilarning ko’payishi natijasida mahsulot narxi pasayadi. Iste’molchilarda tanlash imkoniyati ko’payadi va ularning e’tiborini jalb qilish uchun korxonalar yangi mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishni boshlashmoqda. Bu omil ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilmay qolmaydi. Xaridorlar kuchi. Ishlab chiqaruvchilarning ko’payishi natijasida ichki bozor turli xil mahsulotlar bilan boyidi, lekin hali ham narx belgilashda ishlab chiqaruvchilar ustunlikka egalar. Buning sababi esa mahsulotga bo’lgan talabning taklifdan ko’pligidir. Ta 'minotchilar kuchi. O’zbekistonning geografik joylashuviga ko’ra, “Alutex”ga eng yaqin bo’lgan alyumin qazib oluvchi va qayta ishlovchi zavodlar Rossiya, Xitoy, Tojikiston va Hindistonda joylashgan. Tojikistondagi siyosiy vaziyat sababli bu davlatdan alyumin olinmaydi. Hindiston esa Rossiya va Xitoydan ko’ra uzoqroq. Yagona yo’l Xitoy yoki Rossiya. Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda alyumin savdosi bilan shug’illanuvchi korxonalar shu ikki davlatning alyumin qazib oluvchilari yoki qayta ishlovchilariga bog’lanib qolgan. “Alutex” qo’shma korxonasi Rossiyaning “UC Rusal” korxonasining doimiy hamkori hisoblanadi va xomashyoni ulardan import qiladi. Mahsulot narxining o’sishi ta’minotchilarga bog’liq bo’lib qolgan. O 'rinbosar mahsulotlar. Bundan 10 yillar oldin, hozirgi alyumin profilli deraza va eshiklar o’rnida yog’och yoki temirdan yasalganlari bo’lar edi. Hozirda yog’och o’rnini plastic profillar egalladi. Og’ir temirlar esa yengil bo’lgan alyumin profillari bilan almashtirildi. Ya’ni alyumin va plastik profillar o’zaro o’rinbosardir. Hozirda uylarni jihozlash uchun arzonroq hisoblangan plastik profillar ishlatilmoqda. Lekin bino, inshoot, maktab, oliygohlar uchun alyumin profillar ishlatiladi. Chunki alyumin plastikdan ko’ra ancha mustahkam, chidamli va baquvvat hisoblanadi. 46
Alutex savdo belgisi va uning brendini yaratish yo’llari tahlili “Alutex” nomi - “alyumin” va “texnologiya” so’zlarining o’zakalridan tashkil topgan. Kompaniya o’z logotipida tasvirlanganaharfiga o’xshash belgining ma’nosi ham alyumin va Alutex ma’nolarini bildiradi. Alutex mahsulotlari bo’lgan alyumin profillarini haqida iste’molchilarning dastlabki tasavvurlari quyidagicha bo’ladi: 14-rasm. Alyumin profillari brendini yaratilishi18 Umuman, korxonada brend qurish texnologiyasining asoslari quyidagilar bo’lib hisoblanadi: Brendning mohiyatini aniqlash. Brend nomini tanlashda ratsional va emotsional aspektlarni inobatga olish. Brend mohiyati va asotsiatsiyalarini turkumlanishini tahlil qilish. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling