Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet111/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Bronxofibroskoplar: Yaponiya firmasida «Olympus», «Asaxi-Pentaks», «Machida» markali va Amerikada ishlab chiqilgan turlari mavjud.
Buning tuzilishida qattiq va egiluvchan bronxoskopga fotokamera ulangan bo'lib, rasmga va kino, videokasetaga yozib olish imkonini beradi.
Bronxoskopiya qilishdan oldin bemorlarni ruhan va dori- darmon yordamida tayyorlanadi.
Trankvilizator yordamida premedikatsiya qilinadi. Tek­shirish davrida me’da bo‘sh bo‘lishi kerak. Siydik qopchasi va ichaklar bo‘shatiladi. Qattiq bronxoskoplarni nafas yo‘llariga yuborishdan oldin vena ichiga narkoz beriladi hamda miorelaksantlar qoMlaniladi. Bronxofibroskopiya qilishda mahalliy og‘riqsizlantirish qo‘llaniladi. Buning uchun yuqori nafas yo‘llariga 0,1% - naftizin yoki galozolin yoki 0,5 ml 3% efidrin sepiladi. Anesteziya uchun 1% - 7,8 ml dikain eritmasi, 2—4% - 15 ml lidokain eritmasi yordamida anesteziyalash yaxshi natija bermoqda, ovoz boylamini anesteziya qilishda 2—3 ml anestetik eritmasi, traxeya va bronx­lar shillq qavatini anesteziya qilishda 10% - 10—15 ml novokain eritmasidan foydalaniladi.
Ezofagoskopiya
QiziIlo‘ngachni optik ko‘rish tizimi orqali tekshirish usuli ezofagoskopiya deyiladi.
Ko‘rsatmalar:

  • qizilo‘ngachda yot jismlar (tashxis qo‘yish va davolash maqsadida) bo‘lganda

  • qizilo‘ngach shikastlanganda

  • me’da va ichaklaming yuqori qismida, qizilo‘ngach o‘tka- zuvchanligi buzilganda

  • qizilo‘ngachdan qon ketganda

  • qizilo‘ngach kasallildariga tashxis qo‘yish va davolashda

  • operatsiya muolajalarini bajarishda (poliektomiya, skleroterapiya, venalarning varikoz kengayishi va boshqalar).

Jihozlar: Ezofagoskopiya qilish uchun egiluvchan va qattiq endoskoplar, biopsiya uchun asboblar, sitologik tekshirish uchun asboblar, elektroxirurgik asboblar, yot jismlar olish uchun asboblar va bo'yovchi guruhidagi antiseptiklat- kerak bo'ladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling