Yengil shaklida umumiy miya belgilari ko‘p rivojlanmagan, mahalliy miya belgilari esa miya chayqalishidagidan ko‘ra ko‘proq saqlangan bo‘ladi. Yuzda asimmetriya, nistagm yoki nistagmoid, gapirishning buzilishi, mushaklar tonusining oshishi, meningial belgilar paydo bo‘ladi, kasallik 2-3 haftagacha, hushdan ketish bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.
0‘rtacha og‘ir shaklida hushdan ketish bir necha daqiqadan 4-6 soatgacha davom etadi. Bunda bosh og‘rishi juda kuchli bo‘lib, qusish ko‘p marta takrorlanib turadi. Ruhiyatning buzilishi bir necha kungacha davom etadi, retrograd amneziya kuzatiladi. Umumiy miya belgilari rivojlangan bo‘ladi (bosh og‘rishi, qusish), mahalliy miya belgilari esa miya ustunining zararlanishidan kelib chiqadigan belgilardir. Bularga ko‘z qorachig‘i reflekslarining buzilishi, mioz yoki midrioz, korneal reflekslarning pasayishi, nistagm, qo‘l-oyoqlardagi reflekslarning anizorefleksiyasi kuzatiladi. Vegetativ o‘zgarishlarda qon bosimining ko‘tarilishi, bradikardiya yoki taxikardiya, teri rangining oqarishi, nafas olishning tezlashishi hamda tana haroratining biroz ko‘tarilishi kuzatiladi.
Og‘ir shaklida hushning yo‘qolishi bir necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi. Bunda bradikardiya 1 daqiqada 40 marta, qon bosimining ko‘tarilishi, nafas olishning tezlashishi 1 daqiqada 40-50 martagacha yoki kamayishi 1 daqiqada 8-10 marta, tana haroratining yuqori bo‘lishi - gipertermiya kuzatiladi. Mahalliy miya belgilarida ko‘z olmasining o‘ynab turishi, nigohning bir tomonga qarab qolishi, ikki tomonlama mioz yoki midriaz, yutinishning buzilishi, mushaklar tonusining ko‘payishi yokii kamayish belgilari kuzatiladi. Bulardan tashqari pay reflekslarining yo‘qolishi, parez, paralichlar, tonik qaltirash belgilari bo‘ladi hamda bosh miyada suyuqlik oshib ketadi. Diensefal xilida hushning I yo‘qolishi bilan birga isitmaning baland bo‘lishi 40-41°C gacha,' bunda isitma markaziy xarakterda, nafas olish tez, yuzaki, yurak urishi tezlashgan, ipsimon bo‘ladi. Kasalning umumiy ahvoli judd| og‘ir bo‘lib, koma holatida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |