Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet151/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Mavzu: __________________________________________________________________
_________________________________________________________________________

Bosh miya shikastlarida bosh miyaning yumshoq to‘qimalari, kalla suyagi va bosh miya jarohatlanadi. Bosh va orqa miya shikastlari hozirgi vaqtda ham ko‘p uchraydi. Bu kasalliklarning kehb chiqish sabablari turli-tuman bo‘lib, bular yo‘l-transport hodisalari, avtomobil, temiryo‘llardagi avariyalar, yiqihb tushish, ishda va oilada bo‘ladigan jarohatlardir. Turh xildagi bosh va orqa miyaga ta’sirotlar natijasida ham kelib chiqadi, masalan, sportdagi shikastlar. Bosh miya shikastlari keyinchalik og‘ir oqibatlarga va nogironlikka olib kelishi mumkin. Bosh miya shikastlari ikki xil boiadi. 1. Ochiq bosh miya shikastlari, bunda bosh miya kalla suyagi butunliligi buziladi, ya’ni kalla suyagi yoriladi va bosh miya t'o‘qimalarida zararlanish alomatlari kuzatiladi. 2. Yopiq bosh miya shikastlarida suyak bir butunligi buzilmagan, ya’ni sinmagan, yumshoq to‘qimalar esa kesilgan, yorilgan, ko‘kargan, ezilgan bo‘ishi mumkin.


Bosh miya shikastlari quyidagilarga bo‘linadi:

  • bosh miyaning chayqalishi - Commocio cerebri;

  • bosh miyaning lat yeyishi yoki ta’sirlanishi - Contuzio cerebri;

  • bosh miyaning ezilishi yoki bosilishi - Compressio cerebri.

Bosh miya shikastlari orasida eng ko‘p uchraydigani bosh miya
chayqalishi bo‘lib, 75-80% ni tashkil etadi.
Bosh miya chayqalishi. Bosh miya chayqalishi eng yengil bosh raiya jarohati hisoblanib, bosh miya to‘qimalarida qon tomirlarning kengayishi, mayda-mayda qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi oshib ketishi natijasida bosh miya to‘qimalarida shish bo‘lishi, bosh miya ichida bosimning oshib ketishi bilan xarakterlanadi. Bosh miya chayqalishida miya pardalarining to‘laqonligi, venalardagi to‘laqonlilik, miya to‘qimasining shishi va mayda-mayda qon quyilishlar kuzatiladi.
Klinik manzarasi. Hushdan ketish 90% bemorlarda uchraydi, 10% bemorlarda hushi karaxt bo‘lib qoladi. Hushdan ketish bir necha daqiqagacha davom etadi. Qusish bir yoki bir necha marta ko‘ngil aynishi bilan takrorlanadi. Retrograd amneziya-jarohatdan oldin bo‘lib o‘tgan voqealarni bemorlar eslay olmaydi. Bemor bir necha kun o‘z ismi, familiyasini, manzilini, oila a’zolarini hamda birga ishlaydiganlarni eslay olmaydi. Mana shu uchta belgi yosh bolalarda bir vaqtda uchramaydi. Ko‘proq ko‘ngil aynishi, bosh og‘rishi, quloqda shovqin bo‘lishi,'
bosh aylanishi, ko‘p terlash va teri rangining oqarish belgilari bilan davom etadi. Bemor o‘ziga kelgandan so‘ng ko‘proq bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, ko‘p terlash hamda uyqu buzilishlaridan shikoyat qiladi. Asab sohasi ko‘rilganda pay reflekslarining asimmetriyasi, nistagm, yengil Kernig va ensa mushagi tarangligi belgilari kuzatiladi. Kasallik 3 kundan 7 kungacha davom etadi. Bundan tashqari vegetativ o‘zgarishlar kuzatiladi. Bularga qon bosimining o‘zgarib turishi, dastlab bradikardiya, keyin taxikardiya bilan almashib turadi, tana haroratining 37,2 - 37,8°C gacha ko‘tarilishi, kaftning ko‘p terlashi va titrashi hamda sovuq qotishi kuzatiladi. Ruhiy tomondan esa kasal karaxt, ruhiyati past, tezda muloqotda bo‘la olmaydi, ba’zan bemorlarda ko‘rish va eshitish gallutsinafsiyasi bo‘lishi mumkin. Eng asosiy o‘zgarishlardan muvozanatning buzilishi kuzatiladi. Bunda bemorlarda ataksiya, burun-barmoq sinovini bajarish qiyinlashuvi kuzatiladi va Romberg holatda chayqaladi.
Bosh miyaning lat yeyishi. Bu holat bosh miya chayqalishiga nisbatan og‘irroq o‘tadi va bosh miya to‘qimasi, miya pardalari ko‘proq zararlanadi, qon tomirlari uziladi, qon pardalar orasiga chiqishi natijasida meningial belgilar paydo bo‘ladi. Bosh miyada qon va bosh miya suyuqligi aylanishi buziladi, miya to‘qimalarida nekroz paydo bo‘ladi. Bosh miya jarohatlaridan keyin hushdan ketish bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi. Bunda asab tizimiga taalluqli belgilar 2 guruhga bo‘linadi:

  1. Umumiy miya belgilari - bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bular miya ichidagi bosimning oshib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.

  2. Mahalliy miya belgilari - yengil anizokoriya, nistagm, parezlar, nutq buzilishlari va qaltirashlar bilan kechadi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling