Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet149/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Davosi. Tireoidin preparatlari (0,1 dan kuniga 3 marta) 1 — 1,5 oy mobaynida yuboriladi. Buyrak usti bezlari po‘stloq qatlamida yetishmovchilik bo‘lganda gormonlar bilan davolash, piridoksin va siankobalamin vitaminlarini buyurish foydali. Agar miksedema rivojlanishi xronik infeksiya bilan bogiiq bo‘lsa, spetsifik terapiya (silga qarshi, zahmga qarshi) maqsadga muvofiq.
Parvarishi. Depressiv holatlar yuz berish ehtimoli borligidan bemorlarni statsionarda davolash davrida qunt bilan kuzatib borish zarur. Og‘ir hollarda psixik aql pastlik (kretinizm) rivojianganda parvarishlash bemorga toia-to‘kis xizmat qilish- dan iborat. Bemor sun’iy ovqatlantirib turiladi, ichi kelgandan keyin tagi yuvib qo‘yiladi, vannada cho‘miltiriladi, soch va tirnoqlariga e’tibor beriladi.
7.2. QANDLI DIABET
Qandli diabet modda aimashinuvi, asosan, uglevod aima­shinuvi buzilishiga olib keladigan insulin yetishmovchiligi bilan bogMiq kasallik.
Etiologiyasi. Qator omillar: irsiyat, semizlik, haddan tash- qari ko‘p ovqat yeyish, ruhiy va jismoniy zo‘riqish, oshqozon osti bezining o‘smasi, zahm, sil va hakazolar ahamiyatga ega.
Patogenezi. Diabetning hamma alomatlari organizmda in­sulin yetishmovchiligi bilan bog‘langan. Insulin yetishmovchiligi birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Pankreatik yetishmovchilikda oshqozon osti bezining В hujayralarida insulin sekretsiyasi va sintezi buziladi. Pankreasdan tashqari yetishmovchilikda insulin me’yordagi miqdorda ishlab chiqa- riladi va sintez qlinadi, lekin uning faoliyati pasayadi. Diabetda semirish muhim o‘rin tutadi, chunki bunda yog‘ kislotalarining miqdori ortadi, ular insulin faolligini pasay- tiradi.
Insulin yetishmovchiligi giperglikemiyaga olib keladi. Giper- glikemiya ketidan glukozuriya rivojianadi, u buyrak koptok- chalarida glukoza filtratsiyasining ortishi va kanalchalarda uning qayta kam so‘rilishi bilan bog‘liq. Glukoza konsen- tratsiyasining ortishi natijasida kanalchalarda birlamchi siy- dikning osmotik bosimi ortadi va suvning qayta so‘rilishi buziladi, poliuriya vujudga keladi. Organizmning suvsizlanishi, chanqoqlik polidipsiyani keltirib chiqaradi.
Yog‘ almashinuvining buziiishi, yog‘ parchalanishining kuchayishi va ko‘p miqdorda erkin yog‘ kislotalari hosil bolishi bilan tushuntiriladi, ular jigarga to‘planib, yog‘ga aylanadi va jigarni yog‘ bosishga olib keladi. Ko‘p miqdorda yog‘ kislotalari parchalanishi natijasida keton tanachalari paydo bo‘ladi. Keton tanachalar markaziy nerv sistemasiga tonik ta’sir ko‘rsatadi, kislota ishqor muvozanati asidoz tomonga o‘zgaradi. Natija- da natriy, kaliy, magniy ionlarining organizmdan chiqib keti- shiga imkon yaratiladi, bu esa muskul to‘qimasining, shu jum- ladan, miokardning holatiga ta’sir etadi. Insulin tanqisligida oqsillar sintezi buziladi, shu jumladan, antitanalar ham kamayadi, bu organizm reaktivligi pasayishiga imkon yaratadi, yaralar sekin bitadi. Qandli diabetda oqsillar sintezining buziiishi qon-tomir yetishmovchiligiga sabab boMadi. Qandli diabetda xolesterin sintezi ko‘payadi.
Kasallikning dastlabki alomatlari umumiy boladi. Shikoyatlari — endokrin buzilishlar: poliuriya, polidipsiya, tez charchash, quvvatsizlik, mehnat qilish qobiliyatining buziiishi va boshqalar, ba’zan glukozuriya va giperglikemiya kuzatiladi. Kasallikka xos belgilardan yana biri ozib ketish yoki semirish hisoblanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling