Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Klimakterik sindromda qoMIaniladigan chora-tadbirlar


Download 0.64 Mb.
bet146/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Klimakterik sindromda qoMIaniladigan chora-tadbirlar: issiqlik ko4arilishi (yuzning isib ketishi va terlash) da, jinsiy xususiyatning susayishi va jinsiy aloqada og‘riq sezishlikda va osteoporoz va suyaklar sinishining oldini olish uchun. Siydikni ushlab tura ohnaslik hollarida: mijozga tushuntirish, yashash tarzini o‘zgartirish tavsiya etiladi, sogMomlashtirish muolajalari o4kaziladi, oilasiga yordam beriladi.
Issiqlik kamayishi va suyak massasining kamayish mexanizmi: Ayol jinsiy gormonlari sust ishlab chiqariladi, nerv sistemasi fiziologik aktiv moddalar ishlab chiqaradi, suyaklar rezorbsiyasi tezlashadi, siydik bilan kalsiy chiqariladi, suyak massasi kamayadi. Siydikni ushlab tura olmaslikda hamshiralik parvarishi. Sababi: oraliq mushaklarining, siydik pufagi pardalarining atrofiyaga uchrashi sababli, siydikni ushlab turish qiyinlashadi.
Hamshiralik parvarishi. Mijozga tushuntirish, ruhiy qoilab- quvvatlash, chanoq mushaklarini gimnastika muolajalari yordamida mustahkamlash, kundalik hayotida yordam berishdan iborat. Osteoporoz sabablari: mineral almashinuvi buziladi, siydik bilan kalsiy chiqishi kuchayadi. Ichaklarda kalsiy surilishi buziladi, natijada suyak miqdori kamayadi. Suyakning qattiqligi kamayib, osteoporoz rivojlanadi.
Osteoporozda hamshiralik parvarishi osteoporozni aniqlash, dieto- terapiya, davolovchi gimnastikadan iborat.

Mavzu: __________________________________________________________________
_________________________________________________________________________
Qalqonsimon bez xiqildoq qalqonsimon tog‘ayi ustida, bo‘yinning oldingi yuzasida joylashgan. Qalqonsimon bez bo‘yincha bilan birikkan 2 boMakdan iborat. Massasi taxminan 30 gr keladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormoni ishlab chiqaradi. Tiroksin tarkibiga yod kirib, u qalqonsimon bezga tashqari- dan (bu yerga qon oqimi bilan keltiriladi), oziq-ovqat mah- sulotlari va ichimlik suvdan tushadi. Qalqonsimon bez modda- lar almashinuviga ta’sir qiladi: normaga nisbatan ko‘p miqdorda tiroksin ishlab chiqarilishi modda almashinuvining normal boMmagan oshib ketishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funk- siyasi pasayib ketganda va bu gormon yetarlichajshlanmagan- da, aksincha, moddalar almashinuvi pasayadi.
7.1. DIFFUZ TOKSIK BUQOQ (BAZEDOV KASALLIGI)
Bu kasallik qalqonsimon bezning bir tekis diffuz kattala- shuvi va funksiyasining oshishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ko‘pincha 20—50 yoshlarda uchrab, ko‘proq ayollar kasal- lanadilar.
Kasallik kelib chiqishida ruhiy zo‘riqish, salbiy his-haya- jonlar, neyro-endokrin buzilishlar, qalqonsimon bezga surinkali infeksiyalar (tonzillit, revmatizm, sil, zahm va b.)ning ta’siri, intoksikatsiyalar muhim o‘rin tutadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi (gipofiz) ham ahamiyatga ega. Boshqa ko‘pgina kasallikiarda bo‘lgani kabi bu kasallikda ham irsiyatning rolini inkor etib bo‘lmaydi.
Diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemor yurak urishi, umumiy behoMik, tajanglik, ortiqcha terlash, qoMlar titrashi, uyqu buzilishidan shikoyat qiladi. Obyektiv tekshiruvda qalqonsimon bezning kattalashganligi ma’lum bo‘ladi. Kat-
talashishning bir necha darajalari farq qilinadi: bez bemorning yutish harakatlaridagina ko‘rinishi mumkin va qo‘lga yaxshi unnaydi, bezning kattalashganligi yutish harakatlarisiz ham ko‘rinib turadi, bez shu qadar kattalashadiki, bo‘yinning shakli o‘zgarib qoladi. Palpatsiya qilinganda bez zichligi o‘rtacha, atrofdagi to‘qimalar bilan yopishmagan, pulsatsiya qilib turadi. Ko‘z simptomlari deb ataladigan hodisalar xarakterli: egzoftalm (ko‘zning chaqchayib turishi), ko‘zning kam pirillashi, „uzoq vaqt tikilib turish“ (Shtellvag simptomi), ko‘z soqqasi pastga harakatlantirilganda ustki qovoqning yumilishining kechikishi (Grefe simptomi), konvergensiyaning susayib qolishi (Mebius simptomi), bunda biror buyumni yaqindan ko‘zdan kechirishda unga qarash qobiliyati buziladi. Shuningdek, ko‘zlaming yaltirab turishi va ba’zi bir boshqa simptomlar boMadi. Yurak-tomir sistemasining toksikozi rivojlanishi bilan bog‘liq simptomlari qayd qilinadi: yurakda unchalik kuchli bo‘lmagan og‘riq boMishi ehtimol, taxikardiya—yurak minutiga 100—150 martagacha uradi, puls tezlashgan, arterial bosim oshgan, yurak chegaralari chapga kengaygan, yurak uchi proeksiyasi sohasida sistolik shovqin eshitiladi. Bemorlar, odatda, oriq, teri qoplamlari nam bo‘ladi, tana haroratining o‘rtacha oshishi kuzatiladi. Boshqa a’zolar va sistemalarda ham patologik o‘zgarishlar qayd qilinadi, bu yo‘talishda (kattalashgan qalqonsimon bezning traxeya va hiqildoqni bosishi sababli), me’da sekretsiyasining kamayishida, tez-tez defekatsiya boMishida, ich ketarga moyillikda, nerv- psixik buzilishlarda yuzaga chiqadi, qon tekshirilganda— leykopeniya, ECHT oshganligi ma’lum bo‘ladi. Asosiy modda almashinuvini tekshirish (tireotoksikozda u oshgan) va qal­qonsimon bezni radioizotop skanirlash (gi perflinksiyada qal­qonsimon bez yodni normadagiga nisbatan ko'proq singdiradi) diagnostik ahamiyatga ega. Uzatilgan qo‘l barmoqiarining tit­rashi xarakterli simptom hisoblanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling