Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Izoh: Qizlarda qindan ajralmalar bo‘lsa, mustahabdan keyin qinga paxta-dokali tampon kiritiladi. Dezinfeksiya


Download 0.64 Mb.
bet76/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Izoh: Qizlarda qindan ajralmalar bo‘lsa, mustahabdan keyin qinga paxta-dokali tampon kiritiladi.
Dezinfeksiya: tuvakni xlorli ohakning 3% li eritmasiga solib, 60 daqiqa ushlanadi, yuvindi suvlari ustiga quruq xlorli ohakdan solinadi (1 litr siydikka 200 g hisobida), ekspozitsiya — 60 daqiqa. ,

  1. Sutkalik diurezni aniqlash

Sutkalik siydik miqdorini aniqlash uchun tekshiruv ertalab boshlanadi. Bola ertalab soat 6.00 da qovug‘ini bo‘shatadi va shu vaqtdan boshlab har safar ajralgan siydigini alohida idishga yig‘ib boradi. Shifokoming ko‘rsatmasiga binoan siydikning faqat miqdorini aniqlash tayinlangan bo‘lsa, har safargi siydik miqdori o‘lchab yozib olingach, to‘kib tashlanadi. Bordi-yu, siydik to'jplansin deyilsa, uni qorong‘i va salqin joyda saqlab o‘lchab boriladi. Ertasiga ertalab bola soat 6.00 da uyg‘otiladi va qovugMni o‘lchanayotgah idishga bo‘shatib berishi so‘ra- ladi. Chunki qovuqdagi siydik tekshirilayotgan sutkaga taalluqli hisoblanadi. Olingan ma’lumot shifokqi^a yetkaziladi va kasallik tarixiga qayd qilib qo‘yiladi.
10.3. Suv balansini aniqlash
Ichilgan suyuqlik miqdori bilan ajratilgan suyuqlik miqdori o‘rtasidagi nisbat suvbalansi deyiladi. Odatda ichilgan suyuqliklaming 70 foizi organizmdan turii yoMlar bilan qaytib chiqariladi.
Suv balansini aniqlash uchun hamshira sutka davomida bemor iste’mol qilgan barcha suyuqliklarni (ovqat, meva, sabzavotlar, suyuqliklar, suyuq dori vositalarining hammasini) hisobga olib boradi. Shu davr ichida ajratgan axlati, siydigi, terlash xususiyatlarini ham aniqlaydi. Olingan nisbatga asoslangan holda suv balansi haqida xulosalar chiqariladi. Bajarish tartibi:

  1. Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi tushuntiriladi.

  2. Tayyoriab qo‘yiladi: toza shisha idish (2-3 litr), tuvak yoki siydik yig‘gich.

  3. Bolaga sutka davomida ichadigan suyuqliklar miqdorini yozib borish taklif qilinadi.

  4. Boladan tekshiruv o‘tkaziladigan kuni ertalab soat 06.00 da qovuqni bo‘shatish so‘raladi (siydikning bu miqdori hisobga olinmaydi).

  1. Bolaga sutka davomida ajralgan siydiklarini tayyorlab qo‘yilgan shisha idishga yigishi taklif qilinadi (siydik ertalab soat 06.00 dan keyingi kun ertalab soat 06.00 ga qadar yig‘iladi). Bolaning sutka davomida ichgan suyuqliklari miqdori hisoblanadi.

  2. Sutka davomida yig‘ilgan siydik miqdori hisoblanadi. Natijalar bolaning tibbiy varaqasiga kiritiladi.

  3. Kerak bo‘lsa siydikni va ishlatilgan buyumlami dezinfeksiya qilinadi.

10.4. Siydikni Addis-Kakovskiy bo‘yicha teksMrish uchun yig’ish
Siydikni olishdan awal, bemorning tashqi jinsiy a’zolari yaxshilab yuvilishi lozim. Oldin shishaga konservant - bir necha timol kristallchasi yoki 2 kristallcha formaldegid yoki 0,5 ml xloroform solinadi. Siydikli shishani sovuqda saqlagan qulay. Addis-Kakovskiy usuli bo‘yicha hisoblash kamerasida siydik elementlari sanaladi. Siydikning kunlik umumiy miqdoridagi soni hisoblab chiqariladi. Bajarish tartibi:

  1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi.

  2. Qo‘llar yuvib, quritiladi.

  3. Tayyorlab qo‘yiladi: siydikni yig‘ish uchun toza shaffof bo‘lma- gan idish, konservant (timol yoki formaldegid kristallari yoki xloroform), yoilanma, mustahab uchun to‘plam.

  4. Bolaga soat 22.00 da qovuqni bo‘shatish taklif qilinadi va ertasi soat 08.00 gacha siymaslik buyuriladi.

  5. Bolaga ertalab soat 08.00 mustahab qildiriladi va tayyorlangan idishga siydigini yig‘ishi so‘raladi.

  6. Flakonga yo‘llanma biriktiriladi.

  7. Qoiqoplar yechiladi va ularga ishlov beriladi.

  8. Material klinik laboratoriyaga yuboriladi.

  9. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib kelinadi.

  10. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.

Izoh: Agar bolada siydik tuta olmaslik holati kuzatilsa, siydikni 22.00 dan 08.00 gacha konservant qo‘shilgan idishga yig‘iladi.

    1. Siydikni Ambyuije bo‘yicha tekshirish uchun yig‘ish

Buning uchun 3 soatlik siydik olinadi. Bajarish tartibi:

  1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi tushuntiriladi.

  2. Qo‘llar yuvib, quritiladi.

  3. Tayyorlab qo‘yiladi: siydikni yig‘ish uchun toza quruq idish, kateter, steril paxta-doka tamponi, yo‘llanma, mustahab uchun to‘plam.

  4. Boladan ertalab soat 06.00 da qovug‘ini bo‘shatishi so‘raladi.

  5. Bolaga 3 soatdan keyin soat 09.00 da mustahab qildiriladi.

  6. Tayyorlangan idishga qovuqni bo‘shatish so‘raladi yoki kateter bilan siydik ohnadi.

  7. Flakonga yo‘llanma biriktiriladi.

  8. Qo‘lqoplar yechiladi.

  9. Material klinik laboratoriyaga yuboriladi.

  10. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib keUnadi.

  11. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling